Siyosiy partiyaga majburiy aʼzolik muammosi
Siyosiy partiyaga majburiy aʼzolik haqida
Ekologik partiya, ÖzLiDep hamda Fermerlar Kengaşi nega jim?
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan oçiq muloqotda Jizzaxda Ekologik partiyaga har bir tumandan 50 nafar fermerlar aʼzo qilinayotgani haqida ham savol berilibdi.
Savolga Qonunçilik palatasi Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi deputati Şuhrat Yoqubov javob beribdi. Xususan, u quyidagi fikrlarni ham aytib ötgan:
«Qonunni yaxşi bilmaydigan rahbarning harakati şunaqa kulgili holatga sabab böldi. “Siyosiy partiyalar töğrisida”gi qonunga asosan partiyaga aʼzo böliş yoki bölmaslik har bir fuqaroning öz ixtiyorida.
Siyosiy partiyaga aʼzo qilasan, deb, norma belgilab, qöl ostidagilarga topşiriq berişi unçalik töğrimas. Agar öşa rahbarning qöl ostidagilarining siyosiy, huquqiy jihatdan bilimi bölsa, bu talabni bemalol bajarmasligi mumkin. Rahbar heç qanaqa çora köra olmaydi».
Deputatimizga fikrlari uçun rahmat aytgan holda, şu böyiça 2 oğiz öz fikrimni bildirib ötmoqçiman:
1. Aslida ÖzLiDep ham bu voqeaga tezkorlik bilan munosabat bildirişi, vaziyatga izoh berişi kerak. Har holda normal jamiyatlarda şunaqa böladi.
Şuningdek, Fermerlar kengaşi (nomi uzun) ham albatta bunga munosabat bildirişi şart va zarur! Ular birorta fermer heç qaysi partiyaga majburiy aʼzo qilinmasligi, agar fermerlarni kimdir şunga majbur qilayotgan bölsa, albatta çora körilişi va ularga yordam berişga tayyorligi haqida bayonot bilan çiqişi kerak. Çunki bizga faqat Jizzaxdagi holat maʼlum böldi xolos, aslida bunday majburiy aʼzolik butun Respublika böylab keng quloç yozgan bölsa ne ajab.
Eng qiziği ÖzLiDep va Fermerlar kengaşining rahbari bir kişi.
Ekologik partiyaning hozirgaça sukut saqlayotganiga esa mutlaqo çidab bölmaydi. Partiyasi şarmanda bölayotgan bir paytda, xavotir olmasdan jimgina kuzatayotganiga faqat qoyil qoliş kerak.
2. «Rahbar heç qanaqa çora köra olmaydi» degan qismiga unçalik qöşilib bölmaydi. Siyosiy partiyaga majburlab aʼzo qildiriş haqida bemalol öylayotgan rahbarlar, öz topşiriğini bajarmayotganlarni qanday jazolaşni juda yaxşi bilişadi.
Şunçaki “arizangni yoz va işdan böşa” deya zuğum qilganining özida, qörqqanidan "öz xohimga köra" deb yozib beradiganlari qança.
Yoki atayin komissiya taşlab, tinkayi madorini quritib, tirnoq orasidan topilgan kirni rökaç qilib, salkam xalq duşmaniga çiqaradigan rahbarlar yöq deysizmi?
Şuning uçun «rahbarlarning noqonuniy talablarini bajarmang, Sizga heç narsa qila olmaydi» deyiş muammoning tölaqonli yeçimi emas. Avvalosi rahbarlarning noqonuniy topşiriq bermasligini qatʼiy nazorat qiliş kerak.
Albatta, bularning barçasi IMHO.
👉 @xushnudbek 👈

