Jizzaxda fermerlarni Ekologik partiyaga aʼzo qiliş rejasi

Matn3-iyun, 2019, 14:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​ÖzLiDep siyosiy kengaşi aʼzosi fermerlarni Ekologik partiyaga aʼzo qilmoqçi. Har bir tumanga «plan» ham qöyilgan

Dunyo dunyo bölib, siyosiy partiyaga ommaviy aʼzo qilişning bunaqa yölini körmagan bölsa kerak.

Jizzax viloyati fermerlar kengaşi rahbari tumanlarga xat çiqarib, Ekologik partiyaga har bir tumandan 50 kişini aʼzo qilişni sörayapti. Qilingan işlar yuzasidan 10 kun muddatda bir nafar xodim biriktirib, aʼzo bölganlar haqidagi maʼlumotlarning asl nusxasini olib keliş topşiriğini bermoqda.

Innovatsiya, innovatsiya...

Siyosiy partiya degani, özi joylarda yurib, xalq orasida tarğibotlar qilib, odamlarni öz siyosiy ğoyalariga işontirib, keyin aʼzo qilmaydimi? Maʼmuriy buyruqbozlik bilan böladigan iş emasku bu.

Töğri, aytişingiz mumkin, "bu xat şunçaki amaliy yordam sörab yozilgan, heç kim majburlanmagan" deb. Unda har bir tumanga 50 kişilik "plan" qöyişga balo bormi? "Plan" qöyilgan joy borki, majburlov mexanizmi işlaydi. Çunki yuqori turuvçilar "nega planni bajarmading" deb zuğum qiladi. 10 kun muddatda hisobot talab qilişçi, bu nimasi? Bir nafar xodimni nima uçun biriktiriş kerak? Xatdan majburiylik hidi şundoq anqib turibdi-ku.

Siyosiy partiyaga aʼzo böliş yoki bölmaslik, hammaning öz ixtiyori, heç kim majburlaşga haqqi yöq.

Eng qiziğini aytaymi? Ekologik partiyaga fermerlarni aʼzo qiliş haqida xat çiqargan viloyat fermerlar kengaşi raisi A.Eşmatovning özi ÖzLiDep siyosiy kengaşi aʼzosi.

Mantiqan olganda ham aslida fermerlarning siyosiy partiyasi - bu ÖzLiDep. Partiya ustavida ham şunday yozilgan va allaqaçon köplab fermerlar bu partiyaning aʼzosi. Endi Jizzaxda fermerlar qöşpartiyali böladimi?

Eee, xullas-da... Bizda siyosiy partiyalar faoliyati öziga xos, birorta joyda takrorlanmaydi. Qoyil qoliş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek