Gaz va elektr energiyasi uçun narxlar oşmaydigan böldi

Matn3-iyun, 2019, 11:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Tabiiy, suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uçun narxlar oşmaydigan böldi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi «Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida»gi 897-son qaroriga asosan 2019-yil 1-iyundan boşlab tabiiy gaz uçun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uçun narxlar oşirilişi belgilab qöyilgan edi.

Olingan maʼlumotlarga köra, narxlar oşmaydigan böldi. Sababi 2019-yil 31-maydagi Vazirlar Mahkamasining yangi qarori imzolandi.

Mazkur qaror bilan 2019-yil 1-iyundan boşlab tabiiy gaz uçun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uçun narxlarning oşirilişi bekor qilindi.

Hozirça mazkur qaror oçiq manbalarda, xususan LexUz portalida hali eʼlon qilinmagani uçun narxlar qança vaqtgaça oşmasligi haqida aniq bilmadim. Mazkur qaror bilan sohaga oid boşqa yangiliklar ham borligini aytişmoqda, lekin aynan qanaqa yangiliklar ekanligi hozirça nomaʼlum. Qaror rasman eʼlon qilinsa, yana qöşimça xabar berişga harakat qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Toşkent viloyati ikkiga bölinişi mumkin

    01 daqiqa

  2. Yaponiya metrosidagi xavfsizlik tizimi

    01 daqiqa

Yana oʻqing