Xalq demokratik partiyasida rahbariyat özgardi

Matn2-iyun, 2019, 14:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Taʼlimdan siyosatga, siyosatdan taʼlimga

Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi Xotamjon Ketmonov işdan ketibdi.

Uning örniga taʼlim tizimida işlayotgan, aniqroği NamDU rektori bölib turgan Uluğbek Inoyatov XDP partiyasiga rais etib saylanibdi.

Xotamjon Ketmonov esa aksinça taʼlim tizimiga ötibdi, yaʼni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlanibdi.

Xullas, bu özgarişlarni körib, bolaligimizda sevib öynagan bir öyin esimga tuşib ketdi:

Oq terakmi, kök terak,
Bizdan Sizga kim kerak...

Aytgança, bir paytlar Uluğbek Inoyatov 5 yil Xalq taʼlimi vaziri bölib işlagan va Prezidentning qattiq tanqidi ostida işdan olingandi. Xususan, u haqida davlat rahbari şunday degandi:

«Köp rahbarlarni almaştiryapmiz. Keça şunça tajribasi bor Inoyatovni işdan olib taşladim.

Tarixda bunaqasi bölmagandi. Butun jamoasi bilan almaştirdim. Bölim boşliqlariniyam işdan olişga körsatma berdim. Çunki u eski odam. Bir yarim yil işlab, birorta taklif bermadi.

Tizimda korrupsiya, maktablarda korrupsiya bölib ketgan. Toşkent şahridagi ahvolga maymunlar yiğlaydi», - degandi Şavkat Mirziyoyev.

«Eski zamonning odami» deya taʼriflangan inson bugun partiya rahbari. Mabodo ötgan saylovlardagi tendensiya davom etsa va u 2021-yilgaça işlab tursa, kim bilsin, partiya rahbari sifatida Prezidentlikka nomzodi ham qöyilar balki...

Xullas, qiziq özgarişlar bölyapti. Yaqinda «Milliy tiklaniş» partiyasida rais özgargan edi. ÖzLiDep rahbari esa ötgan yili avgustda almaşgandi. Rahbarlari almaşmagan faqat «Adolat» hamda Ekologik partiya qoldi. Yaqin kunlarda ular ham almaşib qolsa, ne ajab.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Ramazonning 28-kuni: Tavba haqida suhbat

    045 daqiqa

  2. Liverpul - çempion

    01 daqiqa

  3. Xushnudbek.uz kanalida sörovnoma

    01 daqiqa

Yana oʻqing