Koreyaga işga yuborişning yangilangan tartibi eʼlon qilindi
Koreyaga işga yuborişning yangilangan tartibi eʼlon qilindi
1-bosqiç: akkreditatsiyadan ötgan Bilimni baholaş markazlarida koreys tili böyiça saralaş test sinovlari topşiriladi.
Mana bu yerda markazlar röyxati bor (hozirça faqat Samarqand va Andijonda).
Saralaş testidan ötganlarning reyting jadvali test.mehnat.uz sahifasida doimiy yangilanib boradi.
Taxminiy savollar röyxati bilan mana bu yerda tanişiş mumkin.
2-bosqiç: saralaş testda eng yuqori ball olgan 2000 kişi Koreys tilini biliş darajasi (EPS-TOPIK) böyiça test topşirişga kiritiladi.
3-bosqiç: EPS-TOPIK testidan eng yaxşi ball töplagan 1000 kişi Koreys tili böyiça kasbiy malaka testini (Skill-Test) topşirişga kiritiladi.
4-bosqiç: Test yakunlari böyiça eng yaxşi natija körsatgan 500 kişi 2019-yilda Koreyada işga joylaştiriş uçun iş qidiruvçilarning maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
👉 @xushnudbek 👈


