Qonunsizlik odati: bu yaxşimi, yomon
Qonunsizlik odati: bu yaxşimi, yomon?!
Hozirgi gaplarimni eʼtiroz yoki tanqid sifatida qabul qilmang. Balki şunçaki huquqşunoslik darsi deya körsangiz ham böladi. Çunki bu postni 2 xil pozitsiyada turib yozganman, biri - oddiy xalq vakili, ikkinçisi - huquqşunos. Demak, boşladik.
Xalq vakili sifatidagi fikrim
Sönggi paytlarda bir odat paydo bölyapti. Yaʼni ijtimoiy tarmoqlardagi eʼtirozlardan keyin rahbarlar qonunlarga amal qilişni biroz ortga suradigan bölişdi.
Masalan, birinçi holat bu – yöl harakati qoidalari bilan yuz berdi. Kutilmaganda, osmondan tuşganday yöl harakati qoidalariga özgariş kiritildi. Lekin bu özgarişlar haqida avvaldan tarğibot işlari olib borilmagani sababli jarima qöllaşni 1 oyga keçiktirişdi.
Keça eʼlon qilindiki, endi 10-maydan boşlab jarimalar qöllaşni boşlaşar ekan.
Ikkinçi holat, fermerlar bilan boğliq edi. Garçi konstitutsiya va qonunlarga zid bölsa ham yangi qonun bilan barça fermerlar nodavlat notijorat taşkiloti hisoblanadigan Fermerlar kengaşiga majburan aʼzo bölişi belgilandi.
Lekin yaqinda Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari intervyu berib, «‘majburiy’ sözi körsatilgan bölsa ham, heç kim majburlayotgani yöq, bunday holat hali bölmadi. Agar şunaqa misollar bölsa körib çiqişimiz mumkin» debdi.
Ikkala holatni ham xalqqa yengillik beriş maqsadida qilingan işlar, deb qabul qilsak böladi.
Huquqşunos sifatidagi fikrim
Xalqqa foydaligi yaxşiku, lekin bularning barçasi qonunga zid ekanligi meni xavotirga soladi. Içki işlar ham, Qişloq xöjaligi vazirligiyu Fermerlar kengaşi ham özboşimçalik bilan qonunlarni ijrosiz qoldirişga haqqi yöq, aslida.
IIV bildirilgan eʼtirozlarni mana şunday qonunsizlik bilan “yuvmoqçi” böldi. Jarimalar 1 oy davomida qöllanmaydi, degan gap şunçaki oğzaki buyruq edi, buning heç qanday huquqiy asosi yöq! Garçi IIV xalqni sodda bilib, aldaşga harakat qilgan bölsa ham, lekin bu gaplarning barçasi yolğonligini özlari ham yaxşi bilişadi.
Yana qaytaraman, keçiktiriş xalq uçun foyda böldi, lekin qonunga xilof.
Jarimalar 10-maydan qöllanişi haqida xabar faqat turli OAVlar orqali “sizdirilmoqda”. Ammo IIV bu haqida birorta rasmiy xabar bermadi. Nimaga?
Çunki bunga huquqiy asos topib bera olmasligini juda yaxşi bilişadi.
Fermerlar masalasida ham xuddi şunaqa. Qonunda fermerlar majburiy aʼzo qilinsin deyilganmi, demak Fermerlar kengaşi “biz ixtiyoriy aʼzo qilamiz, majburlamaymiz” deyişga haqqi yöq.
Fermerlarni majburlaş niyati bölmasa, unda bu qonunni umuman çiqarmaslik kerak edi.
Ertami, indin, baribir majburlaş boşlanadi. Faqat hozir eʼtirozlar köpaygani uçun, vaziyatni sal yumşatiş, suvdagi loyqani tinişini kutiş uçun qilingan vaqtinçalik strategiya xolos.
Bugungi huquqiy darsimizdan xulosa şuki, unutmang, amaldagi qonun hujjatlari bormi, demak barça unga böysunişga majbur. Kimligidan, qaysi lavozimda ekanligidan qatʼi nazar.
Agar bu amaliyot keng tarqalsa, bugun xalq uçun foydali bölib körinayotgan oğzaki buyruqlar, ertaga xalqning zarariga ham çiqişi mumkinligini unutmang. Bugun qonunda böla turib, jarima solişmayotganini olqişlasak, ertaga qonunda yöq bölsa ham jarima solişmasligiga heç kim kafolat bermaydi. Bugun majburiy aʼzolik belgilangan bölsa ham, "bizda ixtiyoriy" deyayotganlar, ertaga ixtiyoriy joyda ham, majburlaşga ötişi mumkinligini unutmang. Bunaqa misollarni körib turibmizku axir. Şundan xavotir olişimiz kerak.
Qonunlar – ularni ijro etiş uçun çiqariladi, ularning yaxşi-yomonligi esa, boşqa masala.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
