Bloklangan xorijiy saytlar oçilişni boşladi
Bloklangan xorijiy saytlar oçilişni boşladi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Feysbukdagi sahifasida yozişiça, YEXHTning OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir tomonidan eʼlon qilingan ayrim xorijiy axborot veb-resurslariga kiriş imkoniyati çeklanganligi haqidagi maʼlumot örganib çiqilgan.
Örganiş natijasida körsatilgan veb-resurslarning Özbekistonda tölaqonli işlaşlariga tösiq bölgan texnik kamçiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etiş borasida tegişli çora-tadbirlar körilgan hamda bugundan eʼtiboran «Voice of America», «Amerika ovozi», «BBC Uzbek», «Deutsche Welle», «Amnesty International», «Human Rights Watch», «Reporters sans frontieres», «Eurasianet.org», «AsiaTerra», «Fergana Agency», «Centre1», «Uzmetronom» kabi veb-resurslar va boşqa xorijiy veb-saytlardan töliq foydalaniş imkoni mavjud böldi.
Tekşirib kördim, haqiqatdan barçasi oçilyapti.
«Şu bilan birga, biz xorij ommaviy axborot vositalari, umuman jurnalistlar jamoasini jurnalist etikasi tamoyillariga rioya etişlari, tasdiqlanmagan va yolğon axborotlardan foydalanmaslikni, şuningdek, asoslanmagan miş-miş va gumonlarni tarqatmasliklarini söraymiz», - deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



