UzAuto Motors bayonoti öz tasdiğini topmadi

Matn23-oktabr, 2020, 17:181 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Rasmiy bayonot: «UzAuto Motors» taqdim etgan maʼlumot öz tasdiğini topmadi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «UzAuto Motors» AJning Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan qator OAVga bosim ötkazilgani qayd etilgan rasmiy bayonotidagi vaziyatni örganib çiqdi.

Uşbu masalani örganiş natijasida «UzAuto Motors» AJ taqdim etgan maʼlumot öz tasdiğini topmadi. Agentlik tomonidan 15 ta yetakçi elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari örtasida sörov ötkazilib, mazkur sud işini yoritişda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan heç qanday bosim ötkazilmagani qayd etildi.

Uşbu masala yuzasidan AOKA tomonidan «UzAuto Motors» AJga asossiz maʼlumotni tarqatmaslik va bu kabi holatlarga yöl qöymaslik böyiça tegişli ogohlantiriş kiritiladi.

Agentlik yana bir bor asossiz, yolğon maʼlumotlarni tarqatiş uçun javobgarlik borligini eslatib ötadi, yuridik va jismoniy şaxslar hamda OAVga tarqatilayotgan maʼlumotlarning asosliligini tekşirişni tavsiya qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek