Fermerlar kengaşiga aʼzolik majburiy etib belgilandi

Matn5-aprel, 2019, 12:022 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Yana bitta majburiy aʼzolik – nimalar bölyapti özi?!

4-aprel kuni «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun imzolanibdi, u bugun «Xalq sözi»da eʼlon qilindi.

Mazkur qonun bilan «Fermer xöjaligi töğrisida»gi Qonunning 25-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinçi qism bilan töldirildi:

«Fermer xöjaliklarining Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşiga aʼzoligi majburiydir».

Yaʼni fermerlar endi Kengaşga majburan aʼzo qilinadigan böldi.

Eh, Xudoyimey, özi yirik tadbirkorlarning Savdo-sanoat palatasiga majburiy aʼzoligi kammidi?! Nimalar bölyapti özi, a?

Baraka topgurlar, Fermerlar kengaşi nodavlat notijorat taşkiloti hisoblanadi (Savdo-sanoat palatasi ham). Nodavlat notijorat taşkilotiga Qonun bilan (!) majburan aʼzo qilib bölmaydi, tuşunsangizçi axir, Xudo xayringizni bersin!

Deputatlar qayerga qaraşyapti, demoqçimisiz? E, qöying, eslamaylik ularni...

Şu joyida bitta qiziq faktni aytay. Ötgan yili oktabr oyida xuddi şu qonun loyihasi Oliy Majlisda muhokama qilingan payti quyidagiça xabar çiqqan edi:

«Deputat Rasul Kuşerboyev bu talab yuqori turuvçi qonun hujjatlarimizga zid bölib qolmaydimi, degan haqli savolni örtaga taşladi.

Şu bois deputat kengaşga fermerlarning aʼzoligini ixtiyoriylikka asoslantiriş maqsadga muvofiq, degan taklifni ilgari surar ekan, Konstitutsiyamizda nodavlat notijorat taşkilotlar, uyuşmalar, jamoat birlaşmalariga ixtiyoriylikka asoslangan aʼzolik huquqini majburiyatga aylantirib bölmasligini taʼkidladi. Bu jamoat taşkiloti hisoblangan uşbu Kengaşni davlat organi vazifasini bajaruvçi taşkilotga aylantirib qöyişini qayd etdi.

Şu bois, fermerlarda Kengaşga aʼzo böliş yo bölmaslik huquqini qoldiriş maqsadga muvofiq, degan yakdil fikrni bildirdi».

Köryapsizmi, qonunlarimizga zid bunday qonunlarga qarşi çiqqan deputatlar ham bölgan, lekin bu kabi fikrlovçilar Parlamentda juda ozçilik. Qolganlari qarsak çalişni döndirişadi lekin.

Rasul Kuşerbayev yurist bölmasa ham, lekin buni ongli ravişda tuşunib, qarşilik qilibdi. Xöş, Parlamentimizdan örin egallagan yuristlarçi (ular orasida "kattakonlari" ham bor), ular qarşilik qilişmaganmikin?

Kayfiyat yomonam buzildi lekin...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek