Takroriy ovoz beriş tartibi va qoidalari
Takroriy ovoz beriş haqida
Nima uçun ayrim okruglarda takroriy ovoz beriş böladi, degan savollar köp berilmoqda. Quyida şu savollarga javob berişga harakat qilganman:
👉 Saylov qonunçiligiga köra, qaysidir nomzod ovoz bergan saylovçilarning 50% dan köproq ovozini olgan bölsa (50+1 deyiladi), öşa nomzod deputatlikka saylangan deb hisoblanadi. Foiz çiqarişda ovoz bergan saylovçilar soniga qaraladi, röyxatdagi saylovçilar soniga emas;
👉 Agar mabodo nomzodlardan birortasi 50% dan köp ovoz ololmasa, unda öşa okrugda takroriy ovoz beriş bölib ötadi;
👉 Takroriy ovoz berişda faqat eng köp ovoz olgan 2 nafar nomzod qatnaşadi xolos. Ovozi kam bölgan qolgan 3 nafar nomzod tuşib qoladi;
👉 Takroriy ovoz beriş qoidalari biroz boşqaça böladi, yaʼni endi kimdir 50% dan oşiq ovoz olişi şart bölmaydi. Kim köp ovoz olsa böldi. Yaʼni köpinça buzilgan byulletenlar çiqarib taşlansa, ayrim nomzodlar ovozi 50% dan kam bölib qolişi mumkin, öşançun kim köp ovoz olsa böldi, degan qoida kiritilgan;
👉 Takroriy ovoz beriş 2 hafta muddat içida ötkaziladi, yaʼni 5-yanvarga qadar takroriy ovoz beriş taşkil etilişi kerak.


