Saylovda nomzodlar va ularning vakillari uçun maslahatlar
Nomzodlarga qisqa maslahatlar:
Agar uzun matnni öqişga vaqt tiğiz bölsa, quyidagilarni öqing:
1) Har bir uçastkada vakilingiz bölsin;
2) Vakillaringiz ovozlarni sanaş jarayoniga albatta kirsin. Ayrim joylarda uçastka saylov komissiyasi raislari vakillarni kirgazmaslikka harakat qilmoqçi ekan. Bu noqonuniy! Tezda Markaziy saylov komissiyasiga yoki prokuraturaga şikoyat qilinglar (1197 işonç telefoni). Vakillaringiz «meni kirgazmadi» deb jimgina qaytib kelmasin tağin;
3) Vakillaringiz ovozlarni sanaş jarayoniga öta huşyor bölişsin, 100-200 talab byulletenni qöşib yuborişga urunişlari mumkin. Şunday bölişi bilan darrov şikoyat qilişsin, videoga olişsin. Buni ham öşa joyning özida, issiğida qiliş kerak;
4) Eng muhimi – yakuniy natijalar yozilgan bayonnomalarni RUÇKADA töldirişni va imzolaşni talab qiliş kerak.
Avvalgi yillarda hokimlarning talabi bilan bayonnomalar qalamda töldirilar edi. Joriy yilda bunga yöl qöymaslik kerak. Öşanaqa topşiriq bergan hokimiga ham, boşqa vallomatiga ham «bor, toşingni ter» deb ayting. Agar qaysidir saylov komissiyasi ruçkada töldirişni rad qilsa, yana öşa zahoti şikoyat qiliş kerak. “Aslida şunday ekanda” deb jimgina qaytib ketişmasin tağin;
5) Saylov komissiyasi yakuniy natijalar yozilgan bayonnomadan nusxa berişga majbur! Har bir vakillaringiz bayonnomani tezda suratga tuşirib olişsin va Sizga Telegram orqali taşlaşsin. Nusxa bermaslikka ham haqqi yöq!
⚡️6) Yangi maslahat! Ovoz beriş natijalari yozilgan bayonnomalar qölingizga kelib tuşişi bilan, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylaştiring. Yoki Telegram kanal oçib (bu juda oson), yoki Feysbukka qöyib taşlang. Yaʼni haqiqatdan Siz köp ovoz olganingizni isbotlovçi dalillarni tarqatib yuboring. Toki boşqalar buni özgartirişga “duxi” yetmasin.
‼️Xullas, hurmatli nomzodlar, agar Sizning qölingizda har bir saylov uçastkasida töldirilgan ovoz beriş natijalari haqidagi bayonnomalardan nusxa bölsa (yoki kamida rasmi) va ularda Sizning ğalabangiz aks etgan bölsa, unda sira xavotirlanmang, marra Sizniki. Heç kimga buni özgartiriş uçun imkoniyat bermaymiz.
Imkoni bölsa, öşa rasmlarni @saylov_2019bot boti orqali menga ham yuboring. Bugun uxlaş yöq, toki ertalabgaça onlayn bölamiz. Agar mabodo kimdir saylov jarayonlariga aralaşib, ovozlarni soxtalaştirişga urinişsa, şunaqangi dod-voy kötaramizki, tuğilganiga puşaymon böladi.
Faqat yana qaytaraman, qölingizda aniq dalillar bölsin. Quruq gap bilan heç narsaga erişa olmaysiz.
Barça munosib nomzodlarga omad tilayman!
👉 @xushnudbek 👈

