Saylovçilar uçun muhim savol-javoblar
Navbatdagi savol-javoblar:
Röyxatda çiqmadim, nima qilay?
Navbatdagi eng köp berilayotgan savol saylovçilar röyxatida çiqamagan yoki boşqa manzilda çiqqan fuqarolar tomonidan berilmoqda.
Hozirgi qonunçilikka köra, istalgan fuqaro doimiy yoki rasman vaqtinça röyxatdan ötgan joyidan ovoz bera oladi. Agar Sizni umuman boşqa joyda yoki eski manzilingizda röyxatga qöşib qöyişgan bölsa, bundan sira xavotirlanmang.
Pasportingizni olib, doimiy yoki vaqtinça röyxatdan ötgan joyingizdagi saylov uçastkasiga boravering. Sizni qöşimça röyxatga qöşişadi va öşa yerdan ovoz berişingiz mumkin böladi. Faqat asosiy şarti, Siz avval boşqa joyda ovoz bermagan bölsangiz kifoya. Buni maxsus yagona elektron bazadan tekşirib körişadi.
Şuning uçun, meni boşqa joydagi röyxatgi kiritişibdi yoki umuman röyxatga kiritişmabdi, deb xavotir olib ötirmang. Bemalol özingizga yaqin saylov uçastkasiga boravering.
Pasportim yöq, nima qilay?
Agar pasportingiz maʼlum sabablarga köra, yoningizda bölmasa, unda şaxsingizni tasdiqlovçi boşqa hujjatlarni (harbiy guvohnoma, yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasi, pasportini yöqotgan fuqarolarga içki işlar organlari tomonidan berilgan vaqtinçalik maʼlumotnoma, jazoni ötab bölganlik yoki jazodan ozod qilinganlik töğrisidagi maʼlumotnoma) bilan ovoz berişingiz mumkin. Agar ular ham bölmasa, unda ovoz bera olmaysiz.
Saylovni qayerdan onlayn kuzatiş mumkin?
Ha, mumkin. Markaziy saylov komissiyasining saytidagi quyidagi havola orqali saylov uçastkalaridagi holatni onlayn kuzatiş mumkin:
http://elections.uz/uz/lists/camera
Onlayn ovoz beriş mumkinmi?
Yöq, mumkin emas. Albatta saylov uçastkasiga borişingiz kerak.
👉 @xushnudbek 👈

