Saylovda özgalar nomidan ovoz beriş qonunga xilof

Matn22-dekabr, 2019, 15:103 daqiqa0 koʻrish

Bir kişi bir neça kişining örniga ovoz berayotgani haqida

Navbatdagi eng köp murojaat ayni şu mavzuda bölmoqda.

Bu endi bizning qon-qonimizga singib ketgan odat. Oiladan bir kişi bir neçta oila aʼzolarning pasportini kötarib, saylovga boradi va turmuş örtoqlari, farzandlari, keksa ota-onasi, kelini, hatto nabiralari uçun ham özi borib ovoz berib keladi.

Bu iş şu darajada odamlar ongiga örnaşib qolganki, hatto köpçilik «nima uçun qarindoşlarimning pasporti bilan borsam, menga saylov byulleteni berişmayapti, şu işi töğrimi?» deb söraydiganlar ham bölmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Saylovda özgalar nomidan ovoz beriş qonunga xilof. Bilaman, bu gap Sizga öta kulgili va ğalati eşitiladi. Balki ensangiz ham qotsa kerak. Ammo tuşuning, bunday qiliş mumkin emas!

Iltimos, Xudo xayringizni bersin, butun boşli oilaning pasportini kötarib, saylovga bormang. Öşa oila aʼzolaringiz soğ-salomatmi? Özi bemalol yura oladimi? Unda Xudoga şukr qilib, 15 daqiqa vaqt ajratib saylovga borişsin. Yoki agar juda saylovga borgisi kelmayotgan bölsa, mayli bormasin. Bu özgalar nomidan ovoz bergandan ming marta yaxşi.

Agar oila aʼzolaringiz salomatligi tufayli özi mustaqil saylov uçastkasiga bora olişmasa, unda bu haqda xabar bersangiz, saylov uçastkasidagilarning özlari uyingizga kelişadi. Ularning pasportini kötarib borişingiz şart emas.

Joylarda özgalarning pasporti uçun ham saylov byulletenlari berilayotganiga kelsak, bu ham noxuş holat albatta. Uçastka saylov komissiyalari aʼzolariga ming marta taʼkidlangan bölsa ham, baribir ular birovlar uçun byulleten berişda davom etmoqda.

Birinçidan, minglab insonlarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalaş oson emas. Uzoq yillar davomida saylovda şunday bölib kelgan va bu odatdan bir yumalab qutuliş imkonsiz iş.

Ikkinçidan, hududlarda, ayniqsa qişloqlarda hamma bir-birini yaxşi taniydi, şu sababli ham “birovning örniga ovoz beriş mumkin emas” degan gapga, xalqning özi “yiğiştir zakönçiligingni, meni taniysanku” deyişadi. Xullas, taniş-bilişçilik ortidan bu odatni bartaraf etiş oson emas.

Uçinçidan, menimça, eng asosiy faktor – saylovda qaysidir uçastka, okrug yoki tumanda saylovda iştirok etganlar soni (yavka) kam bölsa, öşa hududga javobgar şaxslar (hokimlar, saylov komissiya raislari) gap eşitişi mumkin. Yaʼni ular saylov tarğibotini yaxşi olib bormagan, xalqni saylovga borişi uçun tegişli işlarni qilmagan, deb baholanadi.

Mana şu gap eşitiş xavfi saylov komissiyasi aʼzolariga ham bir neçta pasport kötarib kelganlarga ham bemalol byulleten berişga rağbat beradi. Masalan, rad javobi bersa, öşa saylovçi umuman saylovga kelmasligi mumkin. Undan köra, tinçgina rozi bölgan yaxşi deyişadi.

Yuqoridagi sabablar tufayli, özgalar nomidan ovoz beriş holatlari röy bermoqda. Albatta, şubhasiz bu saylov qonunçiligiga zid iş. Lekin yana bir jihati bor.

Bir kişining saylovda bir neça kişi nomidan ovoz berişi saylovdagi öyinlar hisoblanmaydi. Bu xalq ongi bilan boğliq muammo xolos. Yaʼni bu iş maʼlum bir nomzodni ötkazişga harakat emas. Öşa köp byulleten olgan fuqaro içkarida istagan nomzodga ovoz berişga haqli. Şu faktor biroz odamning köngliga taskin beradi. Agar mabodo "falonçiga ovoz berasan" deyişayotgan bölsa, bundan dahşati yöq.

Hurmatli fuqarolar!

Agar Siz qaysidir saylov uçastkasida bir kişiga bir neçta byulleten berişganiga guvoh bölsangiz, unda öşa zahoti saylov komissiya aʼzolarini ogohlantiring. Öşa zahoti dalolatnoma tuzişlarini talab qiling. Toki keyingi safar bu işni qilişmasin.

Faqat tomoşabin bölib, yoki öşa joyda miq etmay, keyin şikoyat qiliş bilan iş bitmaydi. Temirni issiğida bosing, befarq va loqayd bölmang! Iç-içingizdan masʼuliyat his qilişni iltimos qilaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

    02 daqiqa

Yana oʻqing