Saylov natijalarini hisoblaşda arifmetik xatolar aniqlandi
Izoh
Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylov ötkazuvçi okrug saylov komissiyalarining yakuniy bayonnomalari örganib çiqilganda, 3 ta saylov okrugida saylov natijalarini aniqlaş jarayonida arifmetik xatolikka yöl qöyilganligi aniqlandi.
Bular Samarqand viloyati 67-Pastdarğom saylov okrugi hamda Farğona viloyati 102-Yaypan va 106-Bağdod saylov okruglaridir.
Xatolik saylov natijalarini hisoblaş bilan boğliq bölib, töplangan ovozlarni nomzodlar örtasida foiz körinişida taqsimlaşda sodir etilgan.
Yuqorida qayd etilgan saylov okruglarida nomzodlarning birontasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi.
Saylov kodeksiga köra, ovoz berişda iştirok etgan saylovçilarning yarmidan köpining ovozini, yaʼni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.
Demak, Saylov kodeksining 59-moddasiga köra, agar Qonunçilik palatasi saylovida saylov okrugi böyiça ikki nafardan ortiq nomzod qöyilgan bölsa-yu, ulardan heç biri saylanmasa, eng köp ovoz olgan ikki nafar nomzod böyiça okrugda takroriy ovoz beriş ötkaziladi.
