Sud qarorlari nega Özbekiston nomidan çiqariladi
Borimiz şu
Qarşi tumandagi mahalliy kengaş deputati sud qarori haqida gapira turib, «qaror qanday qilib Özbekiston Respublikasi nomidan çiqar ekan, özimizning Qarşi tuman Maʼmuriy sudi körib çiqqan-ku» degan fikrni aytibdi.
Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda kulgu va kinoyalarga sabab bölyapti. Lekin işonaman, Özbekistondagi 60-70% insonlar (balki undan ham köp bölmasa) bu gapning nimasi kulgili ekanligini va deputatning gapida qanday xato borligini bilmaydi.
Yaʼni "tuman darajasidagi sudning qarori nega Respublika nomidan çiqadi, axir butun Respublika nomidan qarorni faqat Oliy Sud çiqarmaydimi", deb öylaşadi.
Bu gapga odamlar nima uçun hayron bölişayotgani yoki tuman deputatining ustidan kulişayotganiga unça tuşunmayapman. Men taxminan yaqin 20 yillarda tuman dajarasidagi deputatlardan biror narsa kutmayman. Çunki qozonda bori çömiçga çiqadi.
Deputatlar qanaqadir geniy yoki hammadan aqlli insonlar emas. Ular ham özimizni oramizdagi odamlar xolos. Ayniqsa tuman deputatlari 1 söm ham oylik olmaydi, faqat jamoatçilik asosida işlaydi, bu esa tizimning mutlaqo samarasiz ekanligining asosiy sababi. Ular yaqin yillarda heç qaçon hokimga qarşi bormaydi, borolmaydi. Hatto hokimlar mahalliy kengaşlar raisligidan ketgan taqdirda ham baribir töla mustaqil böla olmaydi, hokimni oğziga qarab turadi.
Şu sababli ham, mahalliy kengaşlarga saylovlar qöl uçida ötadi, baʼzan nomzodlar özi ham istamay saylanadi. 3ta maktab direktori, 4ta fermer, 5ta tadbirkor, 6ta taşkilot rahbari saylanişi kerak, degan aqida bilan yaşaymiz xolos.
Ularning qanaqa saylanişi haqidaku gapirib ham ötirmayman.
Toki taʼlim rivojlanmas ekan, toki butun jamiyatda aholining bilim darajasi, huquqiy ongi birdek oşmas ekan, mahalliy deputatlardan va hattoki Oliy Majlis deputatlaridan ham nimadir katta natija kutmayman, ularning gaplariga hayron ham bölmayman. Çunki borimiz şu...
Ha, aytgança, deputatning gapida qanday xato borligini tuşuntirmoqçiman. Bizda barça darajadagi (tuman, şahar, viloyat, respublika) sudlarning qarori Özbekiston Respublikasi nomidan çiqariladi.
Buning huquqiy asosi:
Jinoyat-protsessual kodeksining 454-moddasi
«Sud hukmni Özbekiston Respublikasi nomidan çiqaradi»
Fuqarolik protsessual kodeksining 249-moddasi
«Sud hal qiluv qarorini Özbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi»
Iqtisodiy protsessual kodeksining 176-moddasi
«Sud hal qiluv qarorini Özbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi»
Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksining 154-moddasi
«Sud hal qiluv qarorini Özbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi»
P.S.: Tan oling, bu qoidalarni Siz ham yaxşi bilmasdingiz-ku, töğrimi? (bu gapim barçaga taalluqli emas)
👉 @xushnudbek 👈


