Kunduzi çiroq yoqib yuriş talabi bekor qilindi

Matn5-iyun, 2019, 14:262 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Endi faralar bilan nima böladi?

Bundan buyon toki 2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi çiroq yoqib yuriş şart emas. Siz bemalol bugundan boşlab çiroqlaringizni öçirib yurişga haqqingiz bor, buning uçun heç kim Sizni jarimaga tortmaydi. Rasman şunaqa böldi.

Barça maşinalar çiroğini yoqmay yursa böladimi?

Yöq, barça emas. Quyidagi hollarda maşinalar 2021-yilni kutib ötirmasdan hozir ham çiroğini yoqib yurişga majbur:
• transport vositalari taşkiliy jamlanma (kolonna) safida harakatlanayotganda;
• yölovçilarni taşiyotgan avtobus va yönalişli transport vositalarida;
• bolalar guruhini taşkiliy taşişda;
• xavfli, katta ölçamli va oğir vaznli yuklarni taşişda;
• mexanik transport vositalarini şatakka olişda (şatakka olib ketayotgan transport vositasida);
• motosikl va mopedlarda.

Şuningdek, avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlangan maşinalarga ham bu talab saqlanib qoldi (çunki ularda şundoq ham yonib yurardi).

2020-yil 1-yanvardan boşlab içki bozor uçun çiqadigan barça maşinalarga avtomatik yonadigan kunduzgi çiroqlar örnatiş majburiy böladi. Şuningdek, xorijdan olib kiriladigan maşinalarga ham bunday talab qöyiladi.

Hamda kelgusida kunduzi çiroq yoqmaganligi uçun jarimalar miqdori kamaytiriladi.

P.S.: bu şubhasiz jamoatçilikning ğalabasi böldi. Xalqimizda «taqillatilgan eşik bir kunmas bir kun oçiladi» degan naql bor. Ha, öşa eşik va nihoyat oçildi. Garçi yonğin xavfsizligi xodimlari öz tillari bilan maşina yonişiga aynan kunduzi çiroq yoqib yuriş sabab bölganligini aytişgan bölsa-da, lekin Içki işlar vazirligi butun xalqni yonğinlar bundan emasligiga işontirişga harakat qildi, qaror loyihasini işlab çiqişdagi özlarining xatolarini tan olgisi kelmadi.

Lekin şunday bölsa-da jamoatçilik nazorati kamdan-kam uçraydigan ğalabalaridan biriga erişdi. Bu ğalabada ijtimoiy tarmoqlardagi xalqning eʼtirozlari, OAVlardagi maqolalar, «Munosabat» tok-şousidagi muhokama va 2-3 nafar jonkuyar deputatlarning, umuman juda köpçilikning hissasi bor. Barça muammolarga mana şunday bir yoqadan boş çiqarib, birlaşilsagina biror natijaga erişsa böladi. Xullas, ğalaba muborak!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Ramazon Hayiti muborak bölsin

    01 daqiqa

Yana oʻqing