Yöl harakati qoidalarida «krug» böyiça özgariş

Matn10-aprel, 2019, 18:231 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Yöl harakati qoidalaridagi bir özgariş qolganlariga qaraganda muhimroq va qiziqroq.

Bu özgariş aylanma harakatlaniş taşkil qilingan çorrahalardagi «öng qöl qoidasi» bilan boğliq. Yaʼni köpçilikka maʼlum, ilgari alohida yöl belgilari bölmasa, standart qoida böyiça «krug»ga kirib kelayotgan haydovçilar ustunlikka ega edi, «krug» böylab harakatlanayotganlar esa yöl berardi.

Kiritilgan özgarişlarga köra, endilikda «çap qöl qoidasi»ga ötildi, yaʼni «krug» böylab harakatlanayotgan haydovçilar aylanaga kirib kelayotganlarga nisbatan ustunlikka ega böladi.

Suratga qarasangiz, bu qoida yanada tuşunarliroq böladi. Yaʼni ilgari sariq yengil maşina birinçi yurardi, bundan buyon avtobus ustunlikka ega böladi va «krug»ga kirib kelayotgan haydovçi yöl berib, kutib turadi.

Yevropalaşyapmiz, şekilli. Bilişimça, AQŞ va Yevropaning köp davlatlarida xuddi şunday qoida amal qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek