Özbekistonda koronavirusdan navbatdagi ölim holati qayd etildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Soğliqni saqlaş vazirligi axboroti
Bugun 39 yoşli 1 nafar erkak bemorda ölim holati qayd etildi. Vafot etgan bu bemor Fransiyadan yurtimizga birinçi kasallikni olib kelgan bemor bilan muloqotda bölgan. U öz kasalligini dastlab bilgan bölsa-da, özi vraç böla turib, yurtimizda olib borilayotgan şunça tarğibot işlariga qaramay, şifokorlarga murojaat etmay, uyida yaşirinça öziça davolanişga uringani maʼlum bölgan.
U kasallikning oğir davri boşlangandan sönggina 26-mart kuni Toşkent şahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga tez yordam xizmati orqali yotqizilgan. 27-mart kuni esa Virusologiya ilmiy tekşiriş institutiga ötkazilgan.
Şu örinda barçani taşvişga soladigan bir jihat bor: bu bemor uyida bölgan paytda qança odamlar u bilan muloqot qilgan, muloqotda bölib kasallikni yuqtirib olganlar öz navbatida yana qança insonlarga tarqatgan. Nahotki, kişi öz soğliği va yaqinlari xavfsizligi uçun şunçalik sovuqqon, befarq bölsa.
Nega haligaça odamlarimiz bu kasallik qanday dahşatli oqibatlarga olib kelişini anglab yetmayaptilar?!
Ogohlik va uyda ötiriş hamda şifokorlarning bergan tavsiyalariga töliq amal qiliş barçamiz uçun boş masala bölmoği lozim!
