Jamoat joylarida çilim va elektron sigareta çekiş taqiqlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2-iyul kuni "Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalar çekişni çeklaş töğrisida"gi qonunni imzoladi.
Qonunda çilim va elektron sigaretaga taʼrif berilgan, unga köra:
çilim tamaki çekiş yoki tarkibida tamaki bölmagan çekiladigan qorişmani (tutatqi qiyomni, tutatqi toşni) isteʼmol qiliş uçun foydalaniladigan asbob bölib, unda aerozol (buğ) yoki tutun suyuqlik solingan idiş (çilim suvdoni) orqali ötadi;
elektron sigareta nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkaziş vositasi sifatida foydalaniladigan, nafas olib yutiş uçun möljallangan aerozol (buğ) hosil qiladigan elektron moslamadir.
Çilim va elektron sigaretalarni quyidagi joylarda çekiş taqiqlanadi:
👉 statsionar savdo obyektlarida, şuningdek umumiy ovqatlaniş korxonalarida, bundan çilim va elektron sigaretalar çekiş uçun maxsus ajratilgan xonalar mustasno;
👉 kinoteatrlarda, teatrlarda, tsirklarda, konsert, körik va körgazma zallarida hamda ommaviy dam oliş uçun möljallangan boşqa yopiq inşootlarda;
👉 klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, Internet jahon axborot tarmoğidan foydalaniş böyiça xizmatlar körsatiş uçun jihozlangan xonalarda yoxud boşqa köngiloçar (böş vaqt ötkaziladigan) joylarda;
👉 muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida va maʼruzaxonalarda;
👉 mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlarda, şahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (şu jumladan tamburlarida), daryo kemalarida, şaharda, şahar atrofiga, şaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslarda, taksilarda, yönalişli taksilarda hamda şahar elektr transportida, şuningdek havo kemalarida;
👉 yer osti ötiş joylarida, transport bekatlarida va avtotransport vositalarini vaqtinçalik saqlaş joylarida;
👉 aeroportlarning, temir yöl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolarida;
👉 davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining, xöjalik boşqaruvi organlarining, şuningdek korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning binolarida;
👉 soğliqni saqlaş tizimi muassasalari va taşkilotlarida, taʼlim muassasalarida, jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va sport inşootlarida;
👉 iş joylari bölgan xonalarda;
👉 köp kvartirali uylarning yölaklarida, şuningdek uylar oldi hududida joylaşgan bolalar va sport maydonçalarida;
👉 xiyobonlarda, boğlarda, köçalarda va boşqa jamoat joylarida çekişga yöl qöyilmaydi.
Şuningdek, çilim va elektron sigaretalar çekişni reklama qiliş ham taqiqlanadi.
Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uç oy ötgaç (3-oktabr) kuçga kiradi.
Qonunning töliq matni quyidagi havolada:
https://goo.gl/ee6UVg
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

