Test savollari soni va maksimal ballar kamaydi

Matn4-iyul, 2018, 15:571 daqiqa0 koʻrish

​​#Abituriyent2018

Xabaringiz bor, joriy yilda test savollari soni har bir blokda 36 tadan emas, balki 30 tadan böladi.

Bu degani maksimal oliş mumkin bölgan ballar ham kamayadi.

Ilgari eng maksimum ball 226,8 bölgan edi, joriy yildan boşlab eng maksimali 189 ball böladi.

Bu degani taxminimça, atigi 100 ball bilan 60-70% OTMlarga bemalol kiriş mumkin böladi.

Bundan taşqari, yana bir jihatni eʼtiborga oliş kerak.

Yodingizdami, ötgan yildan boşlab qöşimça (oşirilgan) kontrakt uçun 68 ball töplaş kifoya edi. Yaʼni eng yuqori ballning 30%i.

Endi şu ball ham özgaradi. Sababi 189 ballning 30%i 56,7 ball böladi. Demak, 56,7 ball töplab, istalgan OTMda birinçi yili qimmatroq kontrakt tölab, bemalol talaba böliş mumkin.

P.S.: Ammo negadir Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarorida haliyam 68,0 ball bölib turibdi, mutasaddi taşkilotlar uşbu qarorning şu qismiga özgariş kiritişni unutib qöyişgan, çamamda.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek