JIDU qabul muddatlari böyiça qonunbuzarlikka yöl qöymoqdami
Diplomatiya universiteti Hukumat qarorini pisand qilmaydimi?
#abituriyent
Köpçilik abituriyentlar murojaat qilib Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida qabul 30-iyungaça ekanligi, köpçilik hali maktab/kollej/litseydan hujjatlarini olişga ulgurmaganini yozib qolişdi. Hayron böldim.
Tekşirib köriş uçun JIDU saytiga kirdimu, hayratdan yoqa uşladim. Ne köz bilan körayki, haqiqatdan rasmiy saytda «hujjatlar 30-iyungaça qabul qilinadi» deb yozib qöyilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 13-bandida aniq qilib yozib qöyilgan: «Hujjatlar oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiradigan abituriyentlardan hujjatlar qabul qiliş boşlangan kundan 20 kun davomida qabul qilinadi».
Mayli, JIDUdagilar agar 15 ga 20 ni qöşişni bilişmagan bölsa, heç bölmasa öşa Vazirlar Mahkamasi qaroridagi bakalavriatiga qabul qiliş sxemasiga qarab qöyişsa yaxşi bölardi. Unda hujjatlar qabul qiliş bilan boğliq 1-bosqiç har yili 15-iyundan 5-iyulgaça davom etadi, deb yozib qöyilgan.
JIDU rahbariyati Hukumat qarorini pisand qilmaydimi? Nima uçun bu darajada oçiqdan-oçiq qonunsizlikka yöl qöyişmoqda? Tağin bu OTM xalqaro huquqşunoslarni tayyorlab çiqaradimi?
JIDUning qonunbuzarligi ötgan yilda ham kuzatilgan. Masalan, ötgan yili heç bir asossiz hujjatlarni 5-iyulda qabul qilişni töxtatgan. Heç bir huquqiy asos va tartiblarsiz abituriyentlarni birlamçi suhbatdan ötkazgan. Qonun hujjatlarini notöğri talqin qiliş ortidan çet tili böyiça B2 milliy sertifikat talab qilişgan va qilişmoqda.
Nima ularga qonun yöqmi? Hamma özi bilganini qiladigan zamon keldimi?
Rasmiylardan bunga munosabat kutib qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈


