Andijon viloyati hokimi va SSV o‘rtasidagi vaziyatga izoh

Matn29-iyun, 2019, 17:063 daqiqa0 koʻrish

Andijon viloyat hokimining haqoratlari ortidan Soğliqni saqlaş vazirligi vaziyat böyiça bayonot berdi

Maʼlum bölişiça, Andijon viloyat hokimligida 2019-yil 3-yanvarda ötkazilgan yiğiliş bayoni qarori bilan viloyat moliya boşqarmasiga pul mablağlarini tibbiyot muassasalaridan yiğib olib, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi hisob raqamiga markazlaştiriş hamda uşbu pul mablağlariga töğridan-töğri tuzilgan şartnomalarga muvofiq, şpris, infuzion sistema va tibbiy qölqoplar sotib oliş topşirilgan.

Vaholanki, «Davlat xaridlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuniga köra, töğridan-töğri şartnoma tuziş yöli bilan uşbu tibbiy buyumlarni xarid qiliş taqiqlangan.

Yuqoridagi topşiriq asosida Andijon şahrida joylaşgan «MAKRO FARM ANDIJON» MÇJ bilan yuqoridagi qonun talablariga zid ravişda tuzilgan töğridan-töğri şartnomalar asosida jami 6,3 mlrd sömlik muvofiqlik sertifikati mavjud bölmagan şpris va sistemalar sotib olingan.

Xuddi şunday tartibda topşiriq asosida Andijon şahridagi «GOLD GROWN PHARMA» MÇJdan noqonuniy ravişda jami 20,1 milliard sömlik muvofiqlik sertifikati mavjud bölmagan tibbiy qölqop mahsulotlari xarid qilingan.

Aslida uşbu mablağlarga viloyat aholisiga tibbiy xizmat körsatiş uçun dori vositalari va boşqa zarur tibbiy buyumlar ham sotib olinişi lozim edi.

Buning oqibatida, Andijon viloyatida 2018-2019-yillarda şpris, sistema va qölqoplar bilan taʼminot darajasi zarur ehtiyojdan bir neça marta ortiqqa taʼminlangan, lekin şoşilinç yordam uçun kerakli bölgan va boşqa dori vositalari ehtiyojga nisbatan bir neça marta kam xarid qilingan.

Oddiy qilib aytganda, pul mablağlari notöğri taqsimlanişi va davlat xaridlarini amalga oşiriş tartibi buzilişi oqibatida örganilgan taşkilotlarda viloyat aholisining dori vositalariga bölgan ehtiyoji 44,5 foizga («Aktovegin» dori vositasiga bölgan ehtiyoj hatto 5 foizga) taʼminlangan bir paytda, qölqop 265 foizga, sistema 103 foizga hamda şpris 500 foizga ehtiyojdan ortiq sotib olingan.

Amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, yuqoridagi körsatilgan tibbiy buyumlar majburiy ravişda sertifikatlaştirilişi, yaʼni sifati Özbekistonda amalda bölgan standartlarga töliq javob berişi şart edi. Tabiiyki, bunday sertifikati bölmagan mahsulotlarni sotiş va işlatiş umuman mumkin emas. Lekin şunga qaramay, körsatilgan holatda bunday sertifikati bölmagan (hattoki 47ta holatda bunday sertifikat beriş rad etilgan) sifatsiz tibbiy buyumlar sotib olingan, - deydi Soğliqni saqlaş vazirligining Yuridik bölimi boşliği Ruslan Muhammadiyev.

«Uşbu holatlar vazirlik tomonidan aniqlanganidan keyin dastlab 2019-yilning 13-may kuni Andijon viloyat hokimi nomiga bu töğrida rasmiy xat yuborilib, yuzaga kelgan muammoli masalaning yeçimida amaliy yordam körsatiş söralgan. Vaziyat böyiça heç qanday ijobiy özgariş sezilmaganidan keyingina hamda viloyat tibbiyot muassasalarida dori vositalariga ehtiyoj kuçayib, dori vositalari taʼminoti bilan boğliq vaziyat çigallaşişni boşlaganidan keyin (oradan 15 kun ötib) joriy yilning 28-may kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga yuqoridagi holat böyiça töplangan materiallar yuborilgan va masalaning oqilona yeçimini topişda amaliy yordam körsatiş söralgan.

Taʼkidlaş kerakki, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga yuborilgan xatda Andijon viloyati hokimligi yoki hokim Şuhrat Abdurahmonov haqida heç qanday maʼlumot mavjud emas», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati maʼlumotida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek