Hokimlar va budjet: tiyib turiş va hisobdorlik masalasi
Manba:davletovuz
Hokimlar va budjet haqida
Keyingi ikki yilda boşlangan detsentralizatsiya jarayoni faqat budjet mablağlarini hududlar ixtiyorida qoldiriş bilangina çeklanib qolmoqda. Tayinlangan, tiyib turiş mexanizmlari yöq, amalda faqat davlat rahbarigagina hisobdor bölgan hokimlar bunday muhitda samarali bölişi mumkinmi?
Ilgari ham hokimlarning vakolati çeklanmagan edi, lekin ularning puli yöq edi va istaymizmi yöqmi şu holat ularni institut sifatida işlaşga va heç qursa markaziy idoralar oldida tiyilib turişga majbur qilardi.
Hozir-çi? Hozir hokimlar uçun davlat rahbarigaça yomon gap yetib bormasligi taʼminlansa kifoya, çunki teskari reaksiya bugungi reallikda faqat Prezidentdan yuz berişi mumkin. Yaʼni hokimlar haddidan oşsa, faqat Prezident ularning tanobini tortib qöyiş mumkin.
Qisqa indallo şuki, pul bilan taʼminlangan amaldor, bizning şaroitda hokimlar tiyib turiş va hisobdorlik orqaligina samarali institutga aylanadi. Aks holda hokimlik instituti örnini öziga xon, öziga bek yakkahokim egallaydi.
Zero maşoyixlar aytganidek, saylanmagan, hisobdor bölmagan, ertaga lavozimda qoliş-qolmasligi fuqarolarga boğliq bölmagan amaldorlardan yaxşilik kutiş judayam qiyin.


