O‘zbekiston OTMlarida faoliyat yuritgan ayol rektorlar
Ayol rektorlar haqida
Senat raisi Tanzila Narbayeva özining Feysbuk sahifasida Şarqşunoslik institutiga ayol kişining rektor sifatida tayinlanganini alohida eʼtirof etdi va Gulçehra Rixsiyeva bugungi kundagi OTMlar orasidagi yagona ayol rektorligini maʼlum qildi.
Şarqşunoslik instituti rektorini jamoaga taniştiriş marosimida Tanzila Narbayevadan taşqari, Prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvaxitov hamda Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovlar ham iştirok etgan.
Maʼlumot uçun: bugungi kunda OTM rahbari (faqat rektor emas, filial direktori) sifatida işlab kelayotgan ayol kişi bor edi. Toşkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori Ataniyazova Oral Aminovna uzoq yillardan buyon uşbu lavozimda faoliyat olib bormoqda.
Bundan taşqari muştariylarning izohlari orqali avvalgi yillarda OTM rektori bölib işlagan ayollar haqida quyidagi maʼlumotlar ham töplandi:
• SSSR davrida SSSR Meditsina Institutlari içida Samarqand Meditsina Instituti Rektori Vahabova Öktamxon opa yagona ayol rektor sifatida uzoq yillar işlagan;
• Özbekiston tarixida birinçi ayol rektor Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida akademik Agzamova Maqsuda Xodjinovna bölganlar. Bundan taşqari uşbu institutda 1990-yil 24-iyuldan 2005-yil 17-fevralgaça texnika fanlari doktori, professor Alimova Halima Alimovna rektor lavozimida faoliyat olib borganlar;
• Farğona politexnika institutida 1980-yillarda Saydaliyeva Mahfuza Sultanovna uzoq vaqt rektor bölgan. Şuningdek, FarPIda professor Gulçehra Hamidova ham uzoq yillar rektorlik qilgan;
• Özbekiston Davlat konservatoriyasini 2005-2013-yillarda Muradova Dildora Ahmedovna boşqargan. Ulardan oldin ham bu dargohni 1987-1997-yillarda O.Yu.Yusupova boşqargan;
• Hozirgi Qarşi davlat universiteti, sobiq Qarşi davlat pedagogika instituti rektori Öljaboyeva uşbu lavozimda işlagan;
• Toşkent temir yöl muhandislari institutida 2009-2012-yillarda Karimova Feruza Fuzailovna rektor sifatida faoliyat olib borgan;
• Razzoq Hamroyevning qizi Guli Hamroyeva Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rektori bölgan.
P.S.: afsuski deyarli barça OTMlarning saytida uşbu oliygohda rektor bölib işlagan insonlar haqida maʼlumotni topib bölmaydi. Aksariyat saytlarda OTM tarixi degan sahifalar yoki yöq, yoki borlari ham işlamaydi. Öylaşimça, har bir OTM saytida hurmat yuzasidan albatta avvalgi yillardagi rektorlar haqida maʼlumot bölişi kerak. Çunki öşa insonlar ham maʼlum yillarda taʼlim rivojiga öz hissalarini qöşişgan.
👉 @xushnudbek 👈



