Toşkent davlat şarqşunoslik institutiga rektor tayinlandi
Toşkent davlat şarqşunoslik institutiga rektor tayinlandi!
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toşkent davlat şarqşunoslik instituti rektori lavozimiga Rixsiyeva Gulçexra Şovkatovna tayinlandi. Bu haqida Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.
Rixsiyeva Gulçexra Şovkatovna 1971-yilda tuğilgan, maʼlumoti oliy, 1993-yilda Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2019-yildan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Maʼlumot uçun: Şarqşunoslik institutini uzoq yillardan buyon Mannonov Abdurahim Mutaloviç rektor sifatida boşqarib kelayotgandi.
P.S.: bu OTMlarga tayinlangan ilk ayol rektormi yoki avval ham ayollar rektor sifatida faoliyat olib borganmi, aniq eslolmadim. Sizda maʼlumot bölsa, izohlarda yozib qoldirişingizni sörayman.
👉 @xushnudbek 👈
