Hokimlar bosqiçma-bosqiç taʼtilga çiqişadi va davolanişadi
Hokimlar taʼtilga çiqişadi va davolanişadi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari bosqiçma-bosqiç qisqa muddatli taʼtilga çiqadi.
Maʼlum bölişiça, dastlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi (K.Sariyev), Jizzax (E.Saliyev), Samarqand (E.Turdimov), Sirdaryo (Ğ.Mirzayev), Surxondaryo (T.Bobolov) va Toşkent viloyati (R.Xolmatov) hokimlari şu yil 17-27-yanvar kunlari taʼtilda bölişadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi (M.Kamalov), Andijon (Ş.Abduraxmonov), Qaşqadaryo (Z.Mirzayev), Navoiy (Q.Tursunov), Namangan (Ş.Abdurazzakov), Farğona (X.Bozorov) va Xorazm (F.Ermonov) viloyati hokimlari 28-yanvardan 7-fevralga qadar ikkinçi bosqiçda Tibbiyot boş boşqarmasining 1-sonli Markaziy klinik şifoxonasida davolanadilar.
Biroz avval Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning mehnat taʼtili kunlari bahor fasliga köçirilgani maʼlum qilindi. Jadvalga binoan, aslida poytaxt hokimi 17-27-yanvar kunlari taʼtilda bölişi belgilangan edi.
👉 @xushnudbek 👈


