Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonga 100 ming doza Pfizer/BioNTech vaksinasi keladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

❗️Özbekistonga AQŞ va Germaniya kompaniyasi işlab çiqargan vaksinalardan 100 ming dona keltiriladi

Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari Bahodir Yusupaliyev maʼlum qildi.

Xabarda aytilişiça, Özbekiston COVAX (Koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaş mexanizmi)ga aʼzo davlatlar qatoriga kiritilgan.

Özbekiston “COVID-19”ga qarşi vaksinani amaliyotga kiritiş uçun mamlakat aholisining 20 foizi miqdorida buyurtma tayyorlab, COVAX fondiga yuborgan.

Hozirda Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan koronavirusga qarşi Comirnaty vaksinasini Özbekistonga 100 ming doza miqdorida olib kelinişi böyiça işlar olib borilmoqda.

Pfizer/Biotech vaksinasini yuqori sovuqlik zanjiriga jiddiy rioya etgan holda -70 ℃ haroratda saqlaş talab etiladi.

«Yurtimizda -70 ℃ haroratni saqlaydigan muzlatgiçlar mavjud», - deydi B.Yusupaliyev.

Emlaş jarayoniga tayyorgarlik köriş maqsadida GAVI taşkiloti tomonidan 17 ta katta hajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk taşuvçi miniven avtotransport vositalari taqdim etilib, yurtimizning har bir hududi va tumaniga yetkaziş böyiça işlar olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek