Yil tayinlovlari: viloyat hokimlari misolida
Yil tayinlovlari – viloyat hokimlari misolida
Joriy yilda Özbekistonda kadrlar siyosati bilan boğliq qator özgarişlar kuzatildi. Ana şularning eng muhimlari haqida imkonini topib, maʼlumot berişga harakat qilaman. Dastlab viloyat hokimlariga töxtalsak.
2018-yilda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbariyatida quyidagi özgarişlar kuzatildi:
TAYINLANGANLAR:
👉 21-aprel kuni Farhod Örozboyeviç Ermanov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi (PF-5423-sonli Prezident Farmoni). U Ilguzar Sabirovning örnini egalladi. Bungaça u Beruniy tumani hokimi sifatida işlab kelayotgan edi. 30-noyabr kuni Farhod Ermanov lavozimidan «v.b.» qöşimçasi olib taşlandi va u viloyat hokimi etib doimiy asosda tasdiqlandi.
👉 27-aprel kuni “Artel Injiniring” MÇJ direktori lavozimida işlab kelgan Jahongir Abidoviç Ortiqxöjayev Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi (PF-5427). Bungaça Toşkent şahriga Rahmonbek Usmanov hokimlik qilib kelayotgan edi. 20-dekabr kuni Jahongir Ortiqxöjayev lavozimidan «v.b.» qöşimçasi olib taşlandi va u şahar hokimi etib doimiy asosda tasdiqlandi.
👉 12-iyul kuni Erkinjon Oqbötayeviç Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi (PF-5479). Bungaça u Surxondaryo viloyati hokimi sifatida işlab kelayotgan edi. Erkin Turdimovgaça viloyat hokimi sifatida şov-şuvli korrupsion jinoyat işi natijasida lavozimidan ozod etilgan Turob Jörayev işlab kelayotgandi. Özining şaxsiy saytiga ega ilk viloyat hokimi bölib turgan Erkin Turdimovdan hozirça «v.b.» qöşimçasi olib taşlanmagan.
👉 12-iyul kuni Samarqandga ketgan Erkin Turdimov örniga Bahodir Baxtiyaroviç Pölatov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi (PF-5480). U bungaça Toşkent viloyati prokurori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Hozirça Bahodir Pölatovda ham «v.b.» qöşimçasi bor.
Lavozimidan «v.b.» olinganlar
👉 5-yanvar kuni Ğulomjon Inomoviç Ibragimov Toşkent viloyati hokimi lavozimiga doimiy asosda tayinlandi (PF-5295). U 2017-yil 31-oktabrdan (PF-5221) «viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi» edi. Ğ.Ibragimov hokimlikka kelgungaça Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari böyiça Boş vaziri örinbosari lavozimida işlab kelgan.
👉 30-mart kuni Ergaş Alibekoviç Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga doimiy asosda tayinlandi (PF-5391). U ham 2017-yil 31-oktabrdan (PF-5218) «viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi» edi. Viloyat hokimi bölişidan avval Arnasoy tumani hokimi edi.
2018-yilda boşqa özgariş bölmadi. Quyida qolgan hududlar rahbarlarining töliq röyxatini xronologik ketma-ketlikda keltiramiz:
2016-yil
Navoiy viloyati hokimi — Tursunov Qobul Beknazaroviç (2016-yil 25-dekabrdan - PF-4900)
Buxoro viloyati hokimi — Barnoyev Öktam Isoyeviç (2016-yil 16-dekabrdan - PF-4885);
Sirdaryo viloyati hokimi — Mirzayev Ğofurjon Ğaniyeviç (2016-yil 15-dekabrdan - PF-4880);
2015-yil
Namangan viloyati hokimi — Bozorov Xayrullo Hayitboyeviç (2015-yil 26-noyabrdan - PF-4765);
2013-yil
Qaşqadaryo viloyati hokimi — Röziyev Zafar Şaropoviç (2013-yil 27-sentabrdan - PF-4568);
Andijon viloyati hokimi — Abdurahmonov Şuhratbek Qöşaqbayeviç (2013-yil 26-apreldan - PF-4537);
2011-yil
Farğona viloyati hokimi — Ğaniyev Şuhrat Madaminoviç (2011-yil 7-noyabrdan - PF-4379).
Bundan xulosa qiliş mumkinki, Şavkat Mirziyoyev Prezident sifatida saylangandan söng faqat 4ta –Qaşqadaryo, Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarining hokimlari öz örnida qoldi, qolganlar yangilandi.
Eslatma: 2016-yil 12-oktabrdan buyon Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi sifatida Sariyev Qaxraman Ramatullayeviç faoliyat olib bormoqda.
Yilning boşqa tayinlovlari haqida: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

