Andijon viloyati hokimi vazirlarni haqorat qilgani maʼlum böldi

Matn29-iyun, 2019, 19:193 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Viloyat hokimi Prezident tayinlaydigan vazirlarni haqorat qilib tursa-ya...

Oçiği viloyat hokimlarining oğzi şaloq ekan, deyilsa unça hayron bölmaymiz. Qöl ostidagilarni juda köp rahbarlar şunaqa sökadi, deya könikib ham hatto ming afsuski.

Lekin viloyat hokimi vazir darajasidagi mansabdorlarni haqoratlaşi birinçi bor jamoatçilikka maʼlum bölmoqda.

Kim kimni haqorat qildi?

Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov 9-iyun kuni viloyat hokimligida ötkazgan yiğiliş audiofayli OAVga çiqib ketdi. Unda viloyat hokimi bir qança mansabdorlarni oçiqçasiga haqorat qilganini köriş mumkin.

Masalan, viloyat hokimi “Sizga qança elektr kerak böladi?” deb savol bergan “elektr vaziriga” nisbatan “tupoymi u?” deya munosabat bildirgan. Bunda katta ehtimol bilan Energetika vaziri Alişer Sultonov nazarda tutilgan. Viloyat hokimi qança elektr kerakligini hisoblab berganini ayta turib, “şunga aqli yetmayapti bu farosati yöqlarning” deydi.

Şuningdek, Andijon viloyati hokimi Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovni ham jiddiy haqorat qilgan. Xususan, dastlab vazirga nisbatan “vazirçang”, “iflos”, “şakal”, “maymun”, “karranda” degan sözlarni işlatgan.

Şuhratbek Abdurahmonov viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğiga qarata «anavi marazing, vazirçang, iflos, keça menga kevolib, ketimga paxta qöyib, özi Andijondan çiqqan» degan gaplarni aytgan.

Şundan söng jahl bilan deydi: «Lekin eşitib ol: bugun hokimiyat mening qölimda! Joningni suğurib olaman sen ifloslarni!»

Bu hokim vazirlarni haqorat qiladigan darajadagi hokimiyatni qayerdan oldi ekan, qiziq?

Özi muammo nimada?

Soğliqni saqlaş vazirligining tepadagi bayonotini öqidingiz. Unda aytilişiça viloyat hokimligi 26,4 mlrd. sömlik (3,1 mln AQŞ dollari) mablağni 3 ta narsa (şpris, sistema va tibbiy qölqop) sotib olişga yönaltirgan. Vaholanki, bu pulga dori vositalari va boşqa zarur tibbiy buyumlar ham olinişi kerak bölgan, lekin bunday qilinmagan.

Pullarning bu kabi notöğri taqsimlanişi natijasida Andijon aholisining dori vositalariga bölgan ehtiyoji 44,5 foizga («Aktovegin» dori vositasiga bölgan ehtiyoj hatto 5 foizga) taʼminlangan xolos. Ammo qölqop 265 foizga, sistema 103 foizga hamda şpris 500 foizga ehtiyojdan ortiq sotib olingan.

Tasavvur qilyapsizmi, aholining doriga ehtiyoji bölgan bir paytda, kerak bölmasa ham şpris va qölqop sotib olinavergan. Kimdir şoşilinç tibbiy yordam çaqirsa, bir çemadon şpris va qölqop bilan kelişadi, lekin yonida dorisi yöq.

Eng qiziği viloyat hokimligi 3,1 mln dollarlik bu mahsulotlarni qonun talablarini bajarmasdan, heç qanday tender ötkazmasdan sotib olgan ekan, undan ham yomoni olingan vositalarga 47ta holatda sertifikat beriş rad etilgan, boşqaça aytganda sifatsiz tibbiy buyumlar sotib olingan, - demoqda Soğliqni saqlaş vazirligi.

Soğliqni saqlaş vaziri şu haqida viloyat hokimiga xat yozgani uçun “maymun”dan olib, “şakal”ga solinyapti.

Ikki kemaning boşini uşlaganlar

Xalq taʼlimi vaziri sifatida Şerzod Şermatov endi iş boşlagan kezlari bor kuçi bilan xalq taʼlimi tizimini hokimlar çangalidan qutqarib, töğridan-töğri vazirlikka böysunadigan qilişga sarfladi va buni uddaladi, deyiş mumkin. Çunki majburiy mehnat va boşqa yana köplab beʼmani qarorlarning ildizi tan olamizmi, yöqmi, uzoq yillar aynan mahalliy hokimlarga borib taqalar edi.

Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov majlisda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğiga qarata bir gapni aytdi: «ikki tomonga öynayapsan, sen iflos».

Ha, rostdan hududlardagi taşkilotlarning ikkitadan rahbari bor. Ham hudud böyiça hokimning qoş-qovoğiga qaraydi, ham yuqori turuvçi taşkilot sifatida vazirligiga böysunişga majbur. Dono xalqimiz esa bilib aytgan: “çöpon köp bölsa, qöy harom öladi”.

Ayrim hokimlar öşa hududni öz şaxsiy tomorqasiday qabul qilmoqda va qöl ostidagilarining barçasini qulday köradi. Istaganda haqorat qiladi, istaganda kaltaklaydi. Aslida esa u oddiy xizmatçi, xalq xizmatçisi xolos. Unga öşa mansab bir umrga meros qilib berilmaganini unutmasligi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek