Samarqand viloyati GAIsi noqonuniy bayonnoma uçun zarar tölaydi

Matn16-iyun, 2020, 14:132 daqiqa0 koʻrish

Samarqand viloyati “GAI”si noqonuniy bayonnoma uçun moddiy va maʼnaviy zararlarni tölaydigan böldi

2018-yil 17-may kuni Anvar (ism özgartirilgan) boşqarib kelayotgan “Damas” rusumli avtomaşinani Oqdaryo tumani Loyiş şaharçasiga kirişda viloyat IIB yöl harakati boşqarmasi xodimi töxtatadi.

U haydovçiga “Yöl harakati qoidasi”ning 194 va 56-bandlarida körsatilgan talablarni buzib, sidirğa çiziği ustida harakatlangani uçun maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştiradi. Oqdaryo tumani IIB YHXB unga nisbatan MJtK 128-moddasiga asosan 86 ming 120 söm maʼmuriy jarima soliş töğrisida qaror çiqargan.

Tabiiyki, Anvar jarima tölaşga majbur böladi. U uşbu holatdan norozi bölib, Oqdaryo tumani maʼmuriy sudiga şikoyat ariza bilan murojaat qiladi. Sudning hal qiluv qarori bilan yuqorida keltirilgan jarima tayinlaş haqidagi qarori bekor qilinadi.

Şundan söng Anvar jarima qaytarilmaganligi, IIB YHXB rahbariyati va boşqarma xodimining noqonuniy xatti-harakatlari natijasida u haqiqat izlab idorama-idora yugurişga majbur bölganligi, fuqarolik haq-huquqlarini oyoq osti qilişlari oqibatida juda katta maʼnaviy zarar yetganligi, asablari surunkali ravişda buzilib, soğliğini yöqotgani uçun fuqarolik sudiga daʼvo ariza qözğatib, moddiy va maʼnaviy zararni undirişni söraydi.

Nizo boşidanoq Anvar tuzilgan maʼmuriy bayonnoma yuzasidan öz huquqlarini talab qilgan. U tegişli maʼmuriy bayonnomaga eʼtirozlarini yozmoqçi bölgan, biroq unga bunday imkoniyat berilmagan.

Oqdaryo tumani maʼmuriy sudining hal qiluv qarori bilan yuqorida keltirilgan holat böyiça Anvar asossiz ravişda, şoşma-şoşarlik bilan maʼmuriy jazoga tortilganligi sababli unga nisbatan tayinlangan jarima jazosi bekor qilinib, iş yuritiş töxtatilgan.

Kassatsiya instansiyasi sudi Anvarga ğayriqonuniy maʼmuriy jazo tayinlanib, asossiz ravişda jarimaga tortilganligi oqibatida u maʼnaviy qayğuriş va noqulaylikni boşidan keçirganligini, jarimani tölab moddiy zarar körganligini inobatga olib, javobgar Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi yöl harakati havfsizligi boşqarmasidan daʼvogar Anvar foydasiga 86 ming 120 söm moddiy zarar, 1 million 500 ming söm maʼnaviy zararni undirişni belgiladi. Şuningdek, 608 ming 190 söm dastlab tölangan davlat boji, 16 ming 190 söm poçta xarajati ham IIB YHXBdan undiriladigan böldi.

B.XUDAYBERGANOV,
fuqarolik işlari böyiça Samarqand viloyati sudi sudyasi.

❗️P.S.: Barakalla, Anvar! Barakalla, odil sud. Mana şunaqa öz haqqini talab qiladigan fuqarolarimiz yordami bilan, öz kasbining "k" harfini ham bilmaydigan, qonun-qoidalarni tuşunmaydigan layoqatsiz xodimlarning esini kiritib qöyiş mumkin. Lekin eng asosiysi fuqaroga tölanadigan maʼnaviy zarar davlat byudjetidan emas, regress tartibida öşa notöğri bayonnoma tuzgan xodimning çöntagidan qoplanişi kerak. Şunda yanada samarali böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek