Test sinovlarida minimum ball çegarasi haqida maʼlumot

Matn17-avgust, 2019, 09:112 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Köpçilik sörayotgan savolga javob: minimum ball bormi?

Har yili test sinovlarida minimum ball çegarasi qöyiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat özgalar bilan, eng avvalo özi bilan ham kuraşişi kerak. Agar abituriyent minimum ballni töplay olmasa, unda hattoki kvotada joy bölsa ham, u talabalikka qabul qilinmaydi.

Eşitişimga qaraganda, bu minimum ball test sinovlari joriy etilgan dastlabki yillarda maksimal ballning 50%i bölgan ekan. Yaʼni maksimal ball 226,8 bölgan bölsa, 113,4 balldan kam töplaganlar joy bölsa ham qabul qilinmagan. Ammo bu talab tufayli juda köp kvotalar tölmasdan, böş qolib ketgani uçun, noiloj minimum talabni 30% ga tuşirişgan ekan.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek.

Tölov-kontrakt uçun – 56,7 ball;
Davlat granti uçun – 68 ball.

Bu nima degani?

Aniq misol bilan tuşuntiraman.

Pastdagi 1-rasmga qarang. Toşkent temir yöl transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar böyiça)» yönalişining rus guruhiga jami 24 ta kvota ajratilgan. Şundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.

Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-örindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam töplaganini köriş mumkin. Demak, ular garçi kvota içida turgan bölsa ham talabalikka qabul qilinmaydi.

2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti «Biotexnologiya» yönalişida Andijon viloyati uçun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. Öşa 1 ta örin uçun 10 kişi hujjat topşirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barçasi 68 balldan kam töplagan. Demak, öşa davlat granti uçun ajratilgan 1 ta öringa heç kim kira olmaydi. Böş qoladi.

Ana şunaqa gaplar. Töğrisini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab çiqqanlar 40-45 ball oladigan bir zamonda yoşlarimizning atigi 56,7 ball töplay olmasligi bizni xavotirga solişi kerak, albatta. Ammo nailoj, qozonda bori çömiçga çiqadi.

Savol tuğilişi mumkin, 56,7 balldan kam töplaganlar endi öqişga kira olmaydimi?

Kirişi mumkin. Moliyaviy imkoniyati borlar super-muper kontrakt orqali kamida 20 baravardan 50 baravargaça bölgan kontraktni tölab (yönalişiga qarab), talaba bölişlari mumkin (hali narxi nomaʼlum).

Şu örinda yana bir gap: hatto 56,7 ball ham töplay olmaganlar köpinça «Moliyaviy imkoni yöqlar nima qilsin, hamma narsa boylar uçun ekanda, ular öqiydiyu, biz öqiy olmaymizmi, aybimiz kambağalligimizmi?» deb yozişadi.

Ularga javobim: aybingiz kambağallikda emas, bilimsizligingizda. Ozgina ixlos va xohiş bilan qölingizga kitob olganingizda edi, bemalol byudjetlarga ham kirardingiz, nolib, diydiyo ham qilib yurmasdingiz.

Hammasi öz qölingizda, işoning. Aybni özgalardan emas, eng avvalo özingizdan izlang.

Salomat böling. Barça bilimlilarga, bilim olişga iştiyoqi borlarga omad tilayman!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. 2019-yil 16-avgustning eng muhim xabarlari

    08 daqiqa

  2. Tuhmat uçun qonunçilikda belgilangan jazolar

    01 daqiqa

Yana oʻqing