68 balldan kam töplagan abituriyentlar taqdiri
Kvotada joy bölsa ham, 68 balldan kam töplab kira olmaganlar endi nima qiladi?
Yodingizdami, ayrim yönalişlarda aslida kvota köproq belgilangan bölsa ham, lekin undan kamroq talaba qabul qilişgani haqida yozgan edim.
Yaʼni 68 balldan kam töplagan abituriyentlarni garçi joy bölsa ham qabul qilişmayotgan edi.
Uşbu savol köpçilikni qiziqtirayotganini hisobga olib, qöşimça maʼlumot berib qöymoqçiman.
Mazkur masala 15-avgustdan keyin hal qilinişi kutilmoqda. Aytişlariça, ijobiy hal böliş ehtimoli yuqori.
Bu nima degani?
Demak, 15-avgustdan keyin Davlat qabul komissiyasining qarori bilan 68 balldan past, lekin 56,7 balldan köp töplaganlar kvotaning tölmay qolgan joylariga qabul qilinadi. Eʼtiborli jihati ular super-kontraktga emas, oddiy kontrak yoki ayrim yönalişlarda grantga ham qabul qilinişi mumkin.
Çunki, bunga sabab DTM joriy yilda heç qanday asosga ega bölmasdan 68 balldan keyin çiziq tortgan. Bu köproq texnik xato bölsa kerak, yaʼni ötgan yilgi texnologiyani özgartiriş esdan çiqib qolgan. Yodingizda bölsa testlarning ilk kunlarida texnik xatolik sababli 36 talik savollar böyiça javoblar eʼlon qilingan edi. Xuddi şunday bu ham oddiy texnik tuşunmovçilik degan fikrdaman.
Hozirça, uşbu masala yuzasidan kutib turişni maslahat beraman. Sabr qilib. Avval kutaylik, agar natija bölmasa, ana unday keyin vaziyatga qarab bunday tuşunmovçilikdan jabr çekayotgan abituriyentlarga huquqiy tomondan masalaga ijobiy yeçim topiş yöllarini tuşuntiraman. Lekin podadan oldin çang çiqarmasdan, rasmiylarning bu böyiça pozitsiyasini albatta kutiş lozim.
P.S.: ijtimoiy tarmoqlarda mazkur vaziyatga "nayrang" yoki boşqaça ayblovlar bilan çiqiş qilayotgan insonlarga köp ham işonavermang. Bu yerda ular taxmin qilganday, DTM tomonidan heç qanday alohida ğaraz niyat yöq. 68 ballik minimum uzoq yillardan buyon mavjud. Sal test tizimni içidan bilgan odam, buni yaxşi tuşunib turibdi.
Kanalga ulaniş:
https://t.me/xushnudbek
