Kvotalar tasdiqlandi va yönalişlarni tanlaş boşlandi

Matn4-iyul, 2021, 20:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Kvotalar töliq tasdiqlandi, endi DTM saytida yönalişlarni tanlaş mumkin
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi, deya xabar bermoqda DTM.

❗️Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bölimi orqali fanlar majmuasi bir xil bölgan beştagaça bakalavriat taʼlim yönalişini tanlaşlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar öz maʼlumotlarini özgartirişlari hamda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega böladigan bölsa, sertifikat maʼlumotlarini tizimga kiritişlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek