OTM test sinovlarining yakuniy natijalari kutilmoqda
Mandatga oz qoldi, yaqin kunlarda yakuniy javoblar eʼlon qilinadi
#abituriyent
Zamonaviy axborot texnologiyalarining borligi yaxşi, odamlarning muşkulini ança oson qiladi. Masalan, test sinovlari natijalarini internet orqali qiynalmasdan bilib oliş mumkin, bu juda qulay, ortiqça ovogarçilik bölmaydi.
Ammo zamonaviy texnologiyalar jonli jarayondagi hissiyotlarni bera olmaydi. Misol uçun, ilgari OTMlarga borib, stendlarga ilingan uzundan-uzun röyxatdan özining javoblar varaqasi raqamini qidirib topişning (ism-familiya berilmasdi) öziga yaraşa gaşti bor edi. Öziga işonadiganlar hamda irim qiladiganlar röyxatni boşidan qidirişni boşlardi, salgina xavotiri borlar esa aksinça...
Qiy-çuv, töpolon bölardi. Qançadan-qança köz yoşlar tökilardi. Talaba bölganlar quvonçidan, omadi kelmaganlar alamidan yiğlardi.
Joriy yilda abituriyentlarning natijalari internet orqali hali yakuniy javoblar çiqmasidan eʼlon qilinayotganini hisobga olsak, bunaqa hissiyotlarni boşqa körmasak kerak.
Foto: Madina Nurman, 2015-yil
👉 @xushnudbek 👈

