OTMlarga kiriş va kontrakt ballari özgardi
⚡️Kontraktga ötiş ballari ham özgardi
DTM saytidagi ötiş ballari sahifasida ham özgariş yuz bergan. Masalan, Toşkent davlat yuridik universiteti misolida oladigan bölsak, avval davlat granti uçun ötiş ballari 2 ta fakultetda körsatilmagan, şunçaki çiziqça qöyilgan edi. Çunki öşa yönalişlarda kvota doirasida sportçilar imtiyozli qabul qilingandi. Ana endi ular kvotadan taşqariga olib ötilgandan keyin, davlat granti uçun ötiş bali 189 ball deb belgilangan. Demak, 189 ball olganlarning barçasi grantga qabul qilingan.
Yana bir muhim tomoni, kontrakt uçun ham kiriş ballari biroz pastlagan. Yaʼni sportçilar kvotadan taşqariga olib ötilgani natijasida kontrakt çiziğining tagida turgan va ozgina bali yetmay qolgan abituriyentlar mandat çiziğida yuqoriga kötarilib, kontrakt asosida qabul qilingan.
Şuning uçun mandat çiziği tagida turgan abituriyentlar yana bir bor öz natijalarini qayta tekşirib qöyişlarini söragan bölar edim.
Bugun köpçilikning uyida qöçqorlar söyiladiganga öxşaydi 😂
👉 @xushnudbek 👈

