189 ball olgan abituriyentlar natijalari qayta hisoblandi
⚡️189 ball olganlar byudjetga ötdi. Natijalar qayta hisoblandi!
Yodingizda bölsa, 26-sentabr kuni kanalim orqali 189 ball olganlar mojarosiga töxtala turib, huquqiy jihatdan imtiyozlar notöğri qöllangani hamda abituriyentlar örni qayta hisob-kitob qilinişi kerakligini yozgandim.
Bugun olingan maʼlumotlarga köra, 189 ball olgan abituriyentlarning örni qayta körib çiqilgan va natijalar özgargan.
Buni yuqorida ilova qilingan suratlardan ham körsa böladi. Avval kontraktga kirgani aytilgan abituriyentlar bugun natijasini qayta tekşirganda byudjetga kirgani haqida maʼlumot turibdi.
Ajoyib!
189 ball olgan abituriyentlar diqqatiga! Siz ham tezda natijangizni qayta tekşirib köring. Xudo xohlasa, byudjetga ötganingizni körişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

