Texnikumlarga qabul muddatini uzaytiriş taklif etildi

Matn2-oktabr, 2020, 17:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​TAKLIF: Texnikumlarga qabul jarayoni muddatini istisno tarzda uzaytiriş kerak

Köpçilikning yoki xabari bor, yoki xabari yöq, joriy yildan boşlab texnikumlarga qabul eʼlon qilindi. Eng qiziği uşbu texnikumlarda örta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar öz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça KIRIŞ IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN öqişini davom ettiriş huquqiga ega böladi.

Bu albatta katta imkoniyat.

Ammo köpçilik bundan bexabar qoldi yoki xabari bölsa ham, balki OTMga kirib ketarman degan ilinj bilan test javoblarini kutdi va texnikumlarga hujjat topşirmadi.

Ammo joriy yilda 1 mln 300 mingdan oşiqroq yoşlar talabalikka qabul qilinmaydi, boşqaça aytganda köçada qoladi. Ularning katta qismi keyingi yil perevod qiliş ilinjida (bilim oliş maqsadida emas) qöşni davlatlarga "oqib" ketişmoqda. Vaholanki, özimizdagi texnikumlarda öqisa, OTMlarning 2-kursiga imtihonsiz suhbat asosida kirişi mumkinligini yaxşiroq tarğib qilinsa, özimizda qolardi.

Lekin ming afsuski texnikumlarga qabul jarayoni tugab bölgan. Öqişga kira olmaganlar xohlasa ham endi hujjat topşira olmaydi. Eşitişimga qaraganda, juda köp texnikumlarda topşirilgan hujjatlar soni kam bölgan, hatto kvota ham tölmagan.

❗️TAKLIF: şularni hisobga olib, texnikumlarga qabul jarayoni muddatini istisno tarzida uzaytiriş kerak. Texnikumlar haqida yaxşiroq tarğib qiliş kerak. Şunda talabgorlar soni köpayişi şubhasiz.

Davlat qabul komissiyasi uşbu taklifni körib çiqadi, degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek