Texnikum bitiruvçilari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi
❓Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?
JAVOB: Ha, xuddi şunday.
2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” PF-5812-son Prezident farmoniga muvofiq ana şunday qoida belgilab qöyilgan.
Yaʼni texnikumlarda örta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar öz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça KIRIŞ IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN öqişini davom ettiriş huquqiga ega böladi.
Texnikumlarda 2 yildan kam bölmagan muddatda davlat buyurtmasi yoki tölov-kontrakt asosida öqiş mumkin. Joriy yilda öqiş faqat kunduzgi şaklda olib boriladi.
Texnikumlarga öqişga kiriş uçun texnikum.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topşiriş mumkin. Hujjatlar 25-sentabrga qadar (şu kuni ham) qabul qilinadi.
Texnikumlarga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
1️⃣ Elektron ariza;
2️⃣ Umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovçi attestat (elektron) nusxasi yoki örta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi töğrisidagi diplom (elektron) nusxasi;
3️⃣ 3x4 fotosurat.
Texnikumlarga 103 tadan ortiq kasb va mutaxassisliklar böyiça jami bölib 68 mingdan ortiq (şundan 9199 nafari davlat granti asosida) öquvçilarni qabul qiliş rejalaştirilgan.
2020/2021 öquv yili uçun qabul parametrlari bilan mana bu yerda tanişişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈



