Yuridik texnikumlarga qabul test sinovlari sanasi belgilandi

Matn2-oktabr, 2020, 15:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yuridik texnikumlarga qabul test sinovlari 5-6-oktabr kunlari bölib ötadi

2020-2021-öquv yilida Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga öqişga qabul qiliş uçun test sinovlari 2020-yil 5-6-oktabr kunlari bölib ötadi. Bu haqda DTM maʼlum qildi.

Test sinovlari yuridik texnikumlar joylaşgan hududlarda ötkaziladi. Test sinovlari 2 smenada (1-smena soat 09:00-dan 12:00-ga qadar, 2-smena soat 14:00-dan 17:00-ga qadar) taşkil etiladi.

Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani şaxsiy kabinetlari (texnikum.dtm.uz) dan olişlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan keçikmasdan pasporti va ruxsatnomasi bilan kelişlari söraladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek