Uy-joylarni rasmiylaştirişga şoşiling
2017-2019-yillar dasturlari asosida qurilgan uy-joylarni rasmiylaştirişga şoşiling
Quriliş vazirligi Axborot xizmati xabariga köra, 2019-yil 28-noyabrdagi Prezident Farmonining 9-ilovasi 5 “v” bandiga asosan “Özşahar quriliş invest” IK MÇJ 2017-2019-yillar dasturlarida qurilgan uy-joylar böyiça 2020-yil 1-iyulga qadar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinişi belgilangan.
Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylaştirilgunga qadar “Özşahar quriliş invest” IK MÇJning mulki hisoblanadi. Yuqoridagi farmon talablaridan kelib çiqib, xonadonlarga biriktirilgan fuqarolar xonadonlarni 2020-yil 1-iyulga qadar öz nomiga notarial tartibda rasmiylaştirib, ipoteka krediti yoki töliq öz yonidan tölaş orqali xonadon qiymati "Özşahar quriliş invest" IK hisob-raqamiga kelib tuşmasa, uy-joylar narxiga 15% qöşilgan qiymat soliği qöşiladi.
2017-2019-yil dasturi böyiça uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning köpçiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda, uy-joylarni öz nomlariga rasmiylaştirib olişdi. Turli sabablarga köra, uy-joylarni öz nomlariga rasmiylaştirişga ulgurmagan fuqarolar ham uşbu imtiyozdan foydalanişi uçun istisno tariqasida 2020-yil 1-iyulga qadar imtiyozning amal qilişi uzaytirildi.
Prezident farmoni bilan “Özşahar quriliş invest” IK MÇJ va “Qişloq quriliş invest” IK MÇJga 2020-yil 1-iyulgaça berilgan imtiyozlar 2017-2019-yil dasturlari böyiça qurilgan uy-joylarga nisbatan tatbiq etiladi. 2020-yil dasturi doirasida qurilayotgan uy-joylar uçun yuqoridagi imtiyozlar tatbiq etilmaydi, şuning uçun uşbu dastur böyiça qurilayotgan uy-joylar narxiga qöşilgan qiymat soliği qöşilgan holda hisoblanmoqda.
Xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilgan uylarga 2020-yil 1-yanvardan boşlab QQS tatbiq etilgan. Ikkilamçi uy-joylar oldi-sotdisida agar sotuvçi tomonidan qöşilgan qiymat soliğini tölovçi yuridik şaxs bölmasa, qöşilgan qiymat soliği tölanmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

