Mirişkor tumani hokimi va fuqaro örtasidagi mojaro tahlili
Hokimbobo va bobo
Bugun asosiy muhokama markazida bölib turgan voqealardan biri - Mirişkor tuman hokimining daladan egasining ruxsatisiz makkajöxori olayotgan («öğirlagan» deyişga haqqim yöq) 60 yoşlar atrofidagi fuqaroga («öğri» deyişga haqqim yöq) turli haqoratomuz sözlarni aytib, uni izza qilgani tasvirlangan video bölmoqda. Adaşmasam, video keça internetda tarqaldi, bugun esa hokim uzr sörab çiqdi.
Aksariyat insonlar faqat hokimni aybdor sifatida körsatayotgani şaxsan meni hayron qoldirgani yöq. Çunki yurtimizda sodir bölgan voqealar tendensiyasi hokimlar va hokimiyat vakillariga nisbatan juda katta negativni şakllantirib qöydi. Bundan buyon hokimlarning ijobiy imijini tiklaş oson iş emas, albatta. Şuning uçun ham xalq vakillari bahsli vaziyatlarning barçasida bor nafratini aynan hokimlarga tökib soladi, voqeaning boşqa iştirokçilari unutiladi.
Ehtiroslarga berilmasdan fikr yuritsak, uşbu voqea böyiça xulosa aniq — hokim ham, fuqaro ham nohaq. Boşqaça variant bölişi mumkin emas.
Masalan, bir jurnalist özining Telegram kanalida «Hokim haq – Hokim nohaq» degan savollar bilan sörovnoma uyuştiribdi. Bunaqa savol berişning özi noxolislik. Bu yerda hokim haq bölişi mumkin emas, axir u fuqaroni haqorat qilyapti-ku. Şu sababli bu sörovnomada «hokim nohaq» degan javob sözsiz ğolib böladi.
Ammo bu yerda fuqaroning nohaqligi ham oçiq-oydin körinib turibdi, bu ortiqça muhokama qilinadigan masala emas. Özganing mol-mulkini yaşirinça, egasining ruxsatisiz oliş mumkin emas. Bu iş diniy tomondan olsak - gunoh, dunyoviy tomondan esa - jinoyat.
Agar sörovnomaga qöyiş kerak bölsa ham, «ulardan qaysi biri haq» deb emas, balki «ulardan qaysi biri köproq nohaq» deyiş sal mantiqqa töğri keladi.
Keling, uşbu savolga javob qidirib köramiz. Qaysi birining aybi köproq – özganing mulkini yaşirinça olayotgan fuqaromi yoki fuqaroni uşbu noqonuniy xatti-harakat ustida qölga olib, uni haqorat qilgan hokimmi? Kimning harakati jamiyatga köproq ziyon keltiradi?
Bu borada şaxsiy fikrimni bildirmoqçi emasman, noxolislik bölişi mumkin. Keling, şunçaki qonun nuqtai nazaridan körib çiqamiz.
Hokimning qilmişi:
Hokimning mazkur harakatini Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qiliş) bilan kvalifikatsiya qiliş mumkin, jumladan:
Haqorat qiliş, yaʼni şaxsning şaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş —
eng kam iş haqining 20 baravaridan 40 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Agar hokim sönggi bir yil içida haqorat uçun avval ham maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan bölsa, unda uning harakatida jinoyat alomatlari yöq. Yaʼni hokim maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan.
Fuqaroning qilmişi:
Fuqaroning mazkur harakatini Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) bilan kvalifikatsiya qiliş mumkin, jumladan:
Öğrilik, yaʼni özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş —
eng kam oylik iş haqining 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, endi özingiz uçun xulosa çiqarib olavering, qaysi harakat jamiyat uçun köproq xavf keltiradi: özganing mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qilişmi yoki özgani haqorat qilişmi?
Sizni xulosalaringiz bilan yolğiz qoldiraman.
P.S.: hokimlarning noqonuniy xatti-harakatlari haqida köp va xöb yozganman, buni doimiy muştariylarimiz juda yaxşi bilişadi. Tuman hokimlari uyoqda tursin, hatto viloyat hokimlarini ham aççiq tanqidlarimiz bilan ayamaganmiz kezi kelganda. Ammo bu har doim har qanaqa vaziyatda ham hokimlar 100% nohaq, fuqarolar esa haq degani emas. Vaziyatga xolisona baho berişga harakat qilişimiz kerak.
👉 @xushnudbek 👈

