Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi
Oliy taʼlim tizimida jiddiy özgarişlar böladi
Prezident Farmoni bilan Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga binoan, 2030-yilga borib quyidagilarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda:
👉 oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş, hududlarda davlat va nodavlat OTMlar faoliyatini taşkil etiş asosida oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oşiriş (bunda qamrov bitiruvçilar soniga nisbatan olinadi, yaʼni 700 ming öquvçi maktab, litsey yoki kollejni bitirsa, demak öşa yili 350 ming talaba qabul qilinadi);
👉 ÖzMU va SamDUni mamlakatimiz OTMlarning flagmaniga aylantiriş hamda ularni xalqaro reytingda TOP-500 ga kiritiş;
👉 10 ta OTMni xalqaro reytingda TOP-1000 ga kiritiş;
👉 OTMlarda öquv jarayonini bosqiçma-bosqiç kredit-modul tizimiga ötkaziş (ajoyib yangilik, faqat talabalar bunga tayyormikin?!);
👉 OTMlarning akademik mustaqilligini taʼminlaş;
👉 Özbekiston oliy taʼlim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oşiruvçi «xab»ga aylantiriş;
👉 oliy taʼlimning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, xorijiy taʼlim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etiş;
👉 OTMlarni bosqiçma-bosqiç özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötkaziş va moliyaviy barqarorligini taʼminlaş;
👉 Respublika oliy taʼlim kengaşini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi (bu haqida avvalroq yozgandim va Kengaş tarkibini ham ilova qilgandim). Kengaş tomonidan tayyorlangan taklif va tavsiyalar vazirlik va idoralar hamda OTMlar tomonidan majburiy tartibda körib çiqiladi;
👉 Özbekiston oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini 2019-yilda amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlandi.
Orzular ulkan! Amaliyotda qanday bölarkin, buni vaqt körsatadi. Barça punktlar haqida navbati bilan öz fikrlarimni berib borişga harakat qilaman.
👉 @xushnudbek 👈


