Sadbarxon Mamitova Böston tumani hokimi etib tayinlandi
Foto4-mart, 2020, 12:071 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
⚡️Ayol hokimlar soni yana bittaga köpaydi
Bugun, 4-mart kuni, Andijon viloyatining Böston tumaniga (sobiq Böz) Sadbarxon Neʼmatjonovna Mamitova hokim etib tayinlandi.
Sadbarxon Mamitova 2019-yildan hozirgaça «Yuksaliş» umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bölimi rahbari sifatida işlab kelayotgandi. Nodavlat taşkilotda işlayotgan ayol kişini hokim sifatida tayinlangani ikki karra quvonarli, albatta.
Şunday qilib, bugunga kelib Özbekistonda ayol hokimlar soni 3 nafarga yetdi. Bungaça Dilfuza Uralova Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga, Nargiza Neʼmatova esa Buxoro viloyatining Olot tumaniga hokim etib tayinlangandi.
👉 @xushnudbek 👈

