Masjid Finder Uzbekistan mobil dasturi işga tuşirildi
«Masjid Finder Uzbekistan» mobil dasturi
Hamyurtlarimiz, mahalliy va çet ellik musulmon sayyohlar uçun yana bir qulaylik yaratildi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Android dasturida işlovçi mobil qurilmalar uçun Özbekistondagi masjidlarni topişga yordam beruvçi «Masjid Finder Uzbekistan» mobil ilovasini işga tuşirdi.
Ilovaning dastlabki versiyasida Toşkent şahri va viloyati, Buxoro va Samarqand viloyatlarining 721 ta masjidining geolokatsiya maʼlumotlari kiritilgan.
Uşbu dastur tajriba şaklida işga tuşirilgan bölib yaqin kunlarda boşqa hududlardagi masjidlar röyxati va qöşimça xizmatlar bilan boyitiladi. Ilovada masjidlar şaroiti, tahoratxonasining holatini belgilaş uçun reyting funksiyasi ham qöşilgan.
Ilovani quyidagi havola orqali yuklab olişingiz mumkin:
https://play.google.com/store/apps/details?id=halaltravel.masjifinder
P.S.: Turizm qömitasidan xabar qilişlariça, yaqin kunlarda ziyorat turizmi yunalişidagi yana bir xayrli ilova tayyorlanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
