Zafar Hoşimovga biznes boşlaş uçun kredit taklif qilişdi
Manba:Bankers.uz - Банк тизими янгиликлари
Bank xodimi "Korzinka" supermarketlari tarmoği asosçisini 8 foizlik kredit olişga "köndirmoqçi" bölgani haqida...
Korzinka.uz asosçisi, biznesmen Zafar Hoşimov öz feysbuk sahifasida 8 foizlik kredit yuzasidan özi bilan bölib ötgan voqeani post qilib qoldiribdi. Öqib kulişingniyam, yiğlaşingniyam bilmaysan.
Postda Zafar aka özining mahallasida 8-10 nafar odamlarning mahalladagi uylarga kirib kredit taklif qilayotganiga guvoh bölganini yozib, uşbu xodimlardan biri Z.Hoşimovning oldiga kelganligi va unga ham “öz biznesini boşlaş uçun” yillik 8 foiz stavkada 200 million sömgaça imtiyozli kredit taklif qilganligi haqida yozgan.
“Men xuşmuomalalik bilan rad javobini berdim, lekin suhbatdoşim oson taslim bölgisi kelmadi. Va menga bankda boşqa tadbirkorlarga 24 foizdan ham mablağlar yöq, mahallalarda yurganlar esa özi odamlarga deyarli “tekin” kreditlarni taklif qilib yurişganini aytdi”, deydi Z.Hoşimov öz postida.
Post söngida Zafar Hoşimov bank xodimi tomonidan taqdim qilingan “menga öz biznesimni boşlaş uçun imtiyozli kredit taklif qilişdi va men öz hohişim bilan rad qildim” mazmunidagi tilxatga “tadbirkorlik bilan şuğullaniş niyatim yöq” degan sözlar bilan imzo çekkanini maʼlum qilgan.
