Davlat byudjeti muhokamasi va şaffoflik masalasi
Manba:davletovuz
Davlat byudjeti qani?
Budjet kodeksiga köra, hukumat 15-oktabrga qadar parlamentga 2020-yilning byudjetini taqdim qilişi kerak edi. Hukumat byudjetnomaga qöşib, «Fuqarolar uçun budjet» axborot naşrini ham taqdim qilişi kerak (Bu sizu bizga budjet parametrlarini tuşunişga yordam beradi). Parlamentda hali davlat byudjeti böyiça muhokamalar boşlanmadi, demak, katta ehtimol keça topşirilgan yoki hali ham taqdim qilinmagan.
Maʼlumki, bu yildan davlat byudjeti qonun sifatida qabul qilinadigan böldi. Qonun, qoida tariqasida, jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilinişi kerak. Moliya vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilingan qonun loyihasi qup-quruq, unda na bir raqam bor, na bir ilova keltirilgan. “Eʼlon qildingmi — eʼlon qilding”, qabilida iş tutişgan. Özingiz öqişingiz ham mumkin. 12-sentabrdan 27-sentabrga qadar muhokamada turgan. Bitta izoh qoldirilgan: “Ilovarni xam çop eting, iltimos. A gde sami prilojeniya? Bez nix dokument bespolezen”.
Darvoqe, ötgan yili ham deputatlar hukumatga byudjetnoma bilan boğliq qonunni keçiktirib taqdim qilgani uçun daşnom bergan edi.
P.S.: Davlat byudjeti xalqning puli. Uning taqsimoti oçiq-oşkora, şaffof bölişi kerak. Korrupsiyaga qarşi kuraşişning ilk talabi ham şu özi.
P.S.S.: yaqinda Daniya boş vaziri parlamentda çiqiş qilib, törtta filni tsirkdan davlat byudjeti mablağlari hisobidan sotib olişga qaror qilinganini aytadi. Gap şundaki, Daniyada ötgan yili tsirklarda yovvoyi hayvonlardan foydalaniş taqiqlandi, şu sababli hukumat tsirklardagi fillarni sotib olib, ularga munosib hayot uçun şaroit yaratmoqçi. Ammo tsirkdagi Rambolin ismli fil Ali ismli tuya bilan qalin döst ekan. Ekspertlar ularni bir-biridan ajratiş yaxşi emas, degan xulosaga kelişdi va hukumat fillarga qöşib, tuyani ham sotib olişga qaror qilgan. Yaʼni hukumat rahbari tuyani budjet puliga sotib oliş sababini deputatlarga izoh berayapti. Albatta, boş vazir va deputatlarning reaksiyasini özingiz ham körişingiz mumkin. Darvoqe, fillar va tuya eng yaxşi şaroitlarni taklif qilgan park yoki zooparkka beriladi. Gap kulguda emas, balki budjet masalasida mayda narsaning yöqligidadir.
