Oliy Majlis Qonunçilik palatasi faoliyatidagi şaffoflik
Bu esa – bizning Oliy Majlis binosi. Hozir uşbu binoda Parlamentimizning quyi palatasi, yaʼni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari doimiy ravişda işlaydi.
👉 Atroflari panjaralar bilan öralgan. Binoku mayli, hatto hovlisiga ham oddiy xalq vakili tugul, unça-munça vazirlarning kirişi qiyin. Turistlarniki gapirmasa ham böladi.
👉 Oliy Majlis Qonunçilik palatasida qaysi qonunlar muhokama qilinganini, muhokama jarayonida nima gaplar böldi, partiyalar öz elektorati manfaatini közlab, nima takliflar berişdiyu, nimalarga qarşi çiqişdi - bularni batafsil biliş qiyin. Faqat “Axborot”dagi 2-3 daqiqalik lavhalarda köramiz xolos. Ha, oxirgi paytda Palata saytida ham yangiliklar köproq berilişni boşlaşdi, lekin unda ham qisqa maʼlumotlar. Masalan, 30-noyabr kungi yiğilişda propiskaga oid ayrim tartiblarga özgariş kiritiş haqidagi qonun qabul qilingan ekan, ammo bu haqida Palata saytida lom-mim deyilmagan. Şunçaki «va boşqa qonunlar ham muhokama qilindi» deyilibdi.
👉 Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida Parlamentni keskin tanqid qilganidan söng, Senat va Qonunçilik palatasi yiğilişlari jonli efirda körsatiladi, degan gap-sözlar çiqdi. Ha, yolğon bölmasin, 1-2 marta körsatildi ham. Ammo keyin bu haqida hamma unutdi. Nima öşa bir martalik jonli efir şunçaki xöjakörsinga bölganmidi yoki?
Nima uçun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlislari jonli efirda körsatilmasligi kerak? Mayli, judaaa jonli efirga tayyor bölişmasa, unda heç bölmasa, montaj qilingan holda 1-2 soatlik körsatuv qilib berişsa bölmaydimi?
Fuqarolarimiz qonunlarni bilmaydi, özgarişlardan bexabar, huquqiy madaniyati past, deya soatlab TVlarda vaʼz qilişni bilamizu, lekin ularga qonunçilik hayoti bilan tanişiş uçun şaroit yaratmaymiz. Yana kim aybdor, oddiy xalq aybdor...
👉 «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining reglamenti töğrisida»gi Qonunning 15-moddasida «birinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunçilik palatasining rasmiy veb-saytida joylaştiriladi», deya belgilangan.
Qonunçilik palatasi saytini kuzatar ekanmiz, “Muhokama etilayotgan qonun loyihalari” degan bölimda 2018-yil uçun atigi 3ta qonun loyihasi joylaştirilgan xolos. Ular ham bittasi yanvarda, bittasi mayda, bittasi noyabrda. Qolgan qonun loyihalari qani? Şumi şaffoflik?
Biz saylovçi sifatida ortiqça narsa söramayapmiz, şunçaki «Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining reglamenti töğrisida»gi Qonun talablari nima uçun bajarilmayapti, deb savol beryapmiz xolos. Balki ayMaklar olib berilgandan keyin, loyihalarni saytga joylaşni boşlaşar, ungaça imkoni bölmagandir. Kim bilsin...
👉 Yuqoridagi sörovnomada 88% ovoz beruvçilar Parlament faoliyatidan qoniqmasligini aytişibdi. 10% esa qisman qoniqtiradi, degan. Atigi 2% ovoz beruvçilar “Ha, qoniqaman” deyişibdi. Bu natijalar bejizga emas.
Senator va deputatlarimiz ham bu natijalar haqida boş qotirib körişsa, yomon bölmasdi. Işqilib «1 yillik muddatimiz qoldi, keyin kim bor, kim yöq (deputatlikda)» deya beparvolikka berilişmaydi degan umiddamiz. 1 kun muddatingiz qolsa ham xalq manfaati uçun sidqidildan mehnat qilişingizni söraymiz. Germaniyadagiga öxşab “boşingizga çiqarmasangiz” ham mayli...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
