Qonunçilik palatasi qömitalarining 2018-yilgi hisobotlari
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining rasmiy saytida 2018-yilning umumiy statistikasi bölmasada, turli qömitalarning alohida hisobotlari eʼlon qilib borilmoqda. Masalan:
Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi - 10 ta qonun ustida iş olib borgan va ularning 6 tasi qömita aʼzolarining deputatlik taşabbusi asosida işlab çiqilgan.
Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi - 15 ta qonun loyihasini va 1 ta palata qarorini Qonunçilik palatasi muhokamasiga kiritgan, şulardan 4 tasi bevosita qömita aʼzolarining qonunçilik taşabbusi huquqi asosida tayyorlangan.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qömitasinig yil hisobotiga oid xabarda aniq raqamlar berilmagan, faqat "qömita önga yaqin qonun loyihaga masʼul etib tayinlandi" deyilgan va 5 ta qonun loyihasining nomi qayd etilib, qömita aʼzolarining qonun ijodkorlik faoliyatiga oidligi aytilgan.
Qolgan qömitalarning yil sarhisobi hozirça eʼlon qilinmadi. Umumiy faoliyat böyiça statistikani ham kutib qolamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

