Reyxstag binosi va uning ramziy maʼnolari

Matn21-dekabr, 2018, 21:411 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​#Bilasizmi

Bu – Reyxstag binosi, unda Germaniya Parlamenti (Bundestag) joylaşgan.

1995-yili Reyxstag binosini qayta rekonstruksiya qiliş boşlanadi, quriliş işlariga tanlovda ğolib bölgan ingliz arxitektori Norman Foster tomonidan boşçilik qiladi.

Reyxstagning tepasidagi oynavand gumbazga eʼtibor berdingizmi? Uşbu gumbaz yonida va uning içida istalgan odam bemalol sayr qilib yurişi mumkin. Mutlaqo bepul. Faqat buning uçun Bundestag rasmiy saytida oldindan röyxatdan ötsangiz kifoya.

Reyxstag binosining bunday dizaynida 2ta asosiy ramziy maʼno bor ekan:

Şaffoflik – yaʼni istalgan inson bino tepasidagi oynavand gumbaz orqali parlament muhokamasini kuzatib tura olarkan. Öşa yuqoridagi gumbazdan şundoq pastga qarasangiz, parlamentning katta majlislar zali körinib turarkan.

Xalqning parlamentdan ustunligi – odamlarni binoning tomiga çiqarib, sayr qildirib qöyiş orqali Bundestagdagilar xalqni hamma narsadan, hatto qonun çiqaruvçi oliy hokimiyat organidan ham ustunligini taʼkidlaşar ekan.

Ha, aytgança, Reyxstag dunyodagi eng köp turist taşrif buyuradigan parlament binosi hisoblanadi. Maʼlumotlarga qaraganda, har kuni 8-10 ming nafar turist taşrif buyuradi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek