Prep.uz: abituriyentlar uçun mustaqil taʼlim platformasi

Matn15-oktabr, 2019, 20:042 daqiqa0 koʻrish

Men kutgan loyiha

Abituriyent bölmiş farzandini öqişga tayyorlatişni öylagan ota-onalar xayoliga birinçi örinda munosib repetitor yoki öquv markazini topiş keladi. Repetitorsiz maktabda va uyda mustaqil öqib tayyorlanib öqişga kirsa böladimi, deb bu mavzuni kötarganimda va talaba böliş qiyinmi, deb öz fikrimni bildirganimda köpçilik qöşilmasdan dizlayklar bosib taşlaşgandi 😁

Xorijda, hattoki, eng nufuzli OTMlarga tayyorlanayotgan öquvçilar orasida ham repetitor xizmatlariga murojaat qiliş kam kuzatiladi. Gap faqat maktabdagi taʼlim sifatida ham emas, asosiy farq - ularda self-study (mustaqil taʼlim) juda rivojlangan. Kitoblardan, internetdan, video yoki audiodarslardan özlari mustaqil yangi bilimlarni örganişadi. Bizda esa kimdir tepasida nazorat qilib, urişib turmasa öqişi qiyin. Qatʼiyat yetişmaydiganday körinadi xayolimda.

Ayrimlar toşböron qilsa ham mayli, lekin yana qaytaraman, bizda mustaqil öqib, öqişga bemalol kirsa böladi (ayrim öta prestij OTMlar istisno).

Ha, aytgança mustaqil taʼlimning bizda yaxşi taraqqiy etmaganiga yana bir asosiy sabablardan biri – xohiş va qatʼiyat bölgan taqdirda ham resurslar yetarli emas. Masalan, yaxşi va tajribali öqituvçilar köp, ularning videodarslarini birlaştiradigan platformalar esa deyarli yöq hisobi.

Yaqinda ana şunday loyihaga duç keldim. Prep.uz saytida 2000 ga yaqin videodarslar salobatli öqituvçilar bilan birgalikda sifatli tayyorlangan. Baʼzi öqituvçilarni şaxsan taniyman va ular, haqiqatan, öz sohasining eng yetakçi mutaxassislari ekaniga işonçim komil. Tuman va qişloq hududlarida yaşovçilar darslarni telefonlariga yuklab olişlari va özlariga qulay vaqtda tomoşa qilib örganişlariga imkoniyat yaratilgan.

Fikrimça, Prep.uz öquvçilarga mustaqil öqib tayyorlanişga yordam beriş uçun qöyilgan katta qadam. Bahonalarni çetga surib, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, öqişga tayyorlanişni boşlang.

🎓 Ijtimoiy-tijoriy reklama

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek